Yangilar ikkinchi davrani qanday boshlashdi?
05 avg 2015 12:16
Yangiliklar


Yangilar ikkinchi davrani qanday boshlashdi?
Davralar oralig'ida klublarimiz bir qator futbolchilar bilan xayrlashishdi va o'z tarkiblariga yangi futbolchilarni qo'shib olishdi. Biz 16-turda o'zini ko'rsatgan yangi futbolchilar haqida malumot berishga qaror qildik.
"SHo'rtan" - "Neftchi"
G'uzorliklar safida bu turda yangilardan Sunnatilla Mamadaliev, Sarvarjon Jo'raev va Botir Qoraev kabi futbolchilar maydonga tushishdi. Botir Qoraev jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. "SHo'rtan" bu turda "Neftchi"ni 4:1 hisobida taslim qildi.
"Neftchi" safida Adrian Kashkaval va Otabek Isroilov harakat qilishdi. "Olmaliq"dan olingan Kashkaval to'liq harakat qilgan bo'lsa, "Buxoro"dan kelgan Isroilov 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
"So'g'diyona" - "Qizilqum"
Jizzax jamoasi tarkibida Izzatbek G'aniev, Aleksandr Kleckov, Qahramon Bahodirov, Islombek Isoqjonov kabi yangi futbolchilar ilk bor maydonga tushishdi. Izzatbek G'aniev bu klub safidagi ilk golini urish uchun 2 daqiqa etarli bo'ldi.
"Qizilqum" safida Navro'zbek Alimov asosiy tarkibda maydonga tushib 60 daqiqa o'ynagan bo'lsa, Viktor Klishin 79-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.
"Buxoro" - "Bunyodkor"
Oliy liga autsayderi tarkibida Alisher Sanaev, Ruslan Melziddinov, Aziz Ibragimov, Pavel Smolyachenko, Sergey Georgiev va Maksimilian Fomin kabi yangi futbolchilar maydonga tushishdi. Ular orasida Sergey Georgiev ilk uchrashuvdayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Bunyodkor" tarkibida asosiy jamoaga qaytgan Dilshod Jo'raev va "SHo'rtan"dan olingan Viktor Karpenko maydonga tushishdi. Anvar Rajabov esa zaxirada qoldi.
"Qo'qon-1912" - "Dinamo"
Bu uchrashuvda mezbonlar safida yangi futbolchi maydonga tushmadi. Ilhom Komilov, Aybek Nurboev va Suxrob Qobilov kabi yangilar zaxiradan o'yinni kuzatishdi.
"Dinamo"da esa Farrux SHotursunov, Dilshod SHarofetdinov, Artyom Filiposyan, Akmal Bozorov, Ilhom Yunusov, Sergey Rekun va Hasan Asqarov kabi yangi futbolchilar o'ynashdi. Dilshod SHarofetdinov debyut uchrashuvidayoq o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Farrux SHotursunov esa mana shu bahsda "Dinamo" safidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi.
"Olmaliq" - "Paxtakor"
Igor SHkvirin jamoasida Valeriy Fomichev, Saidkomil Akbarov, Alisher SHog'ulomov kabi o'yinchilar ilk bor harakat qilishdi. Fomichev 26-daqiqadayoq qizil kartochka olib maydonni tark etdi. SHog'ulomov zaxiradan maydonga tushib sariq kartochka oldi.
"Paxtakor" ikkinchi davra oldidan yangi futbolchi olgani yo'q.
"Andijon" - "Nasaf"
"Burgutlar" safida yangilardan faqat Abdulloh Olimov zaxiradan o'yinni kuzatdi. Anvar Berdiev esa tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatsiz o'tgani uchun maydonga tusha olmadi.
"Nasaf" ham "Paxtakor" singari yozda yangi futbolchi xarid qilgani yo'q.
"Mashal" - "Navbahor"
Muborak jamoasi tarkibiga ikki nafar yangi futbolchi kelgandi. "Navbahor"ga qarshi Mirzohid G'ofurov zaxiradan maydonga tushgan bo'lsa, Dilyaver Abibullaev zaxirada qoldirildi.
"Navbahor"da Akmal Ortiqov, Qahramon Mahamadjonov kabi yangilar va diskvalifikaciya tufayli birinchi davrani o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan Tohir SHamsiddinov maydonga tushishdi. Davron Isoqov va Alibobo Rahmatullaev kabi yangilar zaxirada qolishdi.
"Lokomotiv" - "Metallurg"
Mezbonlar safida Mo'ydin Mamazulumov o'yin qaydnomasiga kiritildi, biroq zaxirada qoldi.
"Metallurg" yozda transfer bozorida umuman ishtirok etmagan yagona jamoa bo'ldi. Yani Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi jamoani hech kim tark etmadi ham, hech qanday yangi futbolchi kelgani ham yo'q.
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar