So’nggi yangiliklar

21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  0 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  6 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  3 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  3 19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  13 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  13 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   9 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  5 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  2 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  13 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  12 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1

Yangierga futbol bahori qaytmoqda! Yangiliklar

Yangierga futbol bahori qaytmoqda!

Teglar :  YangierPRO-liga
Yangier shahrini – nafaqat mamlakatimizda balki sobiq Ittifoqda ham ko'pchilik yaxshi biladi.

CHunki o'z vaqtida qo'riq viloyatning “Yangier” jamoasi respublikaning etakchi klublaridan biri bo'lganligi hech kimga sir emas. Biroq so'nggi yillarda moliyaviy muammolar bois “Yangier” klubi o'z faoliyatini vaqtinchalik tugatgandi. Yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar Yangier shahri va uning o'z tarixiga ega jamoasini chetda qoldirmadi. 

Yangier uyg'onish davrini boshidan kechirayapti. Bugungi kunda shaharda olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar tahsinga loyiq. Davlatimiz rahbarining qarori asosida shaharda Sanoat zonasi tashkil etildi. Buning natijasida shaharga xorijiy investiciyalar jalb qilinmoqda. SHaharga kiraverishdagi markaziy chorrahada “Artel” super marketi ish boshladi. Zamonaviy talablar asosida qad ko'tarayotgan Yangier dehqon bozori shahar ko'rkiga ko'rk qo'shadi. SHaharning xamma ko'chalariga zamonaviy yoritgichlar o'rnatilganki – kechalari ham kuppa-kunduzi yurgandek, siz.

“Yangier” futbol klubi uzoq tarixga ega. Hech qanday mubolag'asiz ko'z o'ngingizda afsonaviy jamoa gavdalanadi. O'z davrida ushbu klub sharafini ko'plab o'zbek futboli yulduzlari himoya qilishganki, ularning nomlari hali-xanuz futbol ishqibozlari qalbida, dilida, yuragida yashaydi. Etibor bering, O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan murabbiylar: I.Tazetdinov, YA Kaprov, V Vitkalov, Stepanov, Nidelkinlar mohir futbolchilar S. Stadnik, B.Abduraimov, G.Imamov, N.Kulikov, aka-uka Gagolkinlar A.Astashev, K.Mo'minov va hokazo. Bu ro'yxatni uzoq davom ettirish mumkin... 

Ammo Sirdaryo viloyatidan birorta futbol jamoaning Respublika miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etmasligi mahalliy muxlislar qalbini biroz hira qilayotgandi. Aslida shaharda oldindan mukammal ishlangan futbol infrastrukturasi mavjud. Bunga tabiiy qoplamali ajoyib markaziy stadion, futbol bazasi, ovqatlanish va yuvinish xonalari, suniy qoplamali stadionni misol qilib ko'rsatish mumkin. O'zbek futbolining haqiqiy jonkuyarlaridan biri Bahrom Davlatovning sayi-harakatlari bilan “Yangier“ klubining avvalgi shon-shuhratini qayta tiklash yo'lida diqqatga sazovor ishlar olib borilmoqda. SHu orqali ushbu mavsumda “Yangier” Pro-Ligada qatnashadi. 

SHubhasiz, klubning qayta tiklanishi, futbol sohasidagi ishlarning tubdan o'zgarayotganligi ushbu inson nomi bilan chambarchas bog'liq. Taniqli futbol bilimdoni iqtidorli futbolchilarni kashf qilish, ularni tarbiyalash va etuk futbolchi bo'lishlarida qo'shganligi alohida tahsinga loyiq. Malumotlarga ko'ra, tashkil etilayotgan klubga asosan mahalliy yoshlar jalb etilgan. To'g'risi, qo'riq viloyat iqtidorlarga boy. Ularning mahoratlarini sayqallash borasida O'FA qoshida tashkil etilgan Yangier BO'FAsi, hamda viloyat Olimpiya zaxiralari kollejida futbol guruhlari mavjud. Viloyat futbolidagi ijobiy o'zgarishlar mahalliy mutasaddilar nazaridan chetda qolayotgani yo'q. 

Masalan, “Yangier” futbol klubi qarorgohining suniy qoplamali maydonida “Yangier” hamda “Zomin” futbol klublari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. Mazkur qarama–qarshilikni Sirdaryo viloyat hokimi G'.Mirzaev hamda va Yangier shahar hokimi I.A.Xo'jaev birga chamasi 400 – 500 nafar futbol ishqibozi katta qiziqish bilan uchrashuvni bevosita kuzatishdi. Uchrashuv bo'lib o'tishi to'g'risida hech qanday xabar yoki malumotlar tarqatilmagandi. 

Yangierlik ashaddiy muxlislar katta futbolni sog'inishgani bor gap. Ular esa o'z ananalariga sodiq bo'lgan chiroyli o'yinlari bilan grand jamoalarini ham qo'rqita oladigan, o'zbek futboliga ko'plab nomlarni bera oladigan haqiqiy jamoa ko'rishni istashadi.

Alijon Jabborov

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика