Yangi Zelandiya futbol associaciyasi rahbari intervyu berdi
01 fev 2022 14:18
Yangiliklar
Yangi Zelandiya futbol associaciyasi rahbari intervyu berdi
Yangi Zelandiya futbol associaciyasi rahbari Endryu Pragnell O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilingach, o'z fikrlarini bildirdi.
Ochig'ini aytganda jamoa va personal o'yin bekor qilinganidan xafa, ammo bunday holatda futbolchilarning holati eng ustuvor ahamiyatga ega. Kasallikni qolgan futbolchilar va personalga yuqishiga tavakkal qila olmaymiz, bundan tashqari O'zbekiston terma jamoasidagi ehtimoliy epidemiya holatlariga javobgar bo'la olmaymiz.
Endi Dubayda ishlashda davom etamiz, kasallangan futbolchilarning davolanishini kuzatib boramiz va uchib ketishdan oldin qayta test topshiramiz.
Afsuski bu butun dunyo sporti to'qnash kelayotgan muammo, bu barcha ishtirokchilarni xafa qilmoqda", - deydi Endryu Pragnell.
Tezkor xabar: O'zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvi bekor qilindi
Fikrlar