Tezkor xabar: O'zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvi bekor qilindi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2022, 13:55
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi uchrashuvga faol tayyorgarlik olib bordi.

O'yin oldidan topshirilgan PCR testlar jamoamizning barcha a'zolarida manfiy chiqdi va hammasi reja bo'yicha ketayotgandi.

Biroq bugun tongda Yangi Zelandiya terma jamoasining 12 futbolchisida o'yinoldi tekshiruvda koronavirus aniqlangani ma'lum bo'ldi. Raqib jamoa vakillari bunday holatda o'ynay olmasliklari, murabbiy esa tarkib shakllantirish uchun etarlicha futbolchilarga ega emasligini bildirdi. O'z navbatida O'zbekiston terma jamoasi uchun ham futbolchilar salomatligi ustuvor hisoblanadi. Natijada tomonlar bugungi o'yinni qoldirishga qaror qilishdi", - deb yozadi O'FA matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, oldinroq O'zbekiston terma jamoasining Yaponiya va Bahrayn bilan o'rtoqlik uchrashuvlari ham bekor qilingan edi. 10 yanvar kuni boshlangan Dubaydagi yig'in chog'ida Srechko Katanets boshchiligidagi termamiz "Al Vahda" (BAA) klubi bilan nazorat va Janubiy Sudan terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia