So’nggi yangiliklar

14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  0 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   39 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  0 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  2 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  3 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  1 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  6 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  12

Yangi mavsumga hakamlarimiz ham xuddi futbolchilardek tayyorgarlik ko'rishi shart! Yangiliklar

Yangi mavsumga hakamlarimiz ham xuddi futbolchilardek tayyorgarlik ko'rishi shart!

Teglar :  hakamlar
Bir qator etakchi hakamlarimiz Saudiya Arabistonida o'tgan xalqaro seminarda ishtirok etib qaytgani haqida o'qigan bo'lsangiz kerak.

Tajribali sobiq hakam bilan gaplashganimda bir gapni aytdi: "Har bir futbol klubi yangi mavsumga taxminan 2-3 oy davomida tayyorgarlik ko'radi, kerak bo'lsa chet elga borib o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi, trenajer zallari, basseyn, sauna va tiklanish jarayonlari ham o'tkaziladi. Hakamlarimizchi? Aslida hakamlar ham xuddi futbolchilar singari chempionatga tayyorgarlik ko'rishlari zarur! Ular ham yig'in o'tkazishlari, maydonda shug'ullanishlari va tiklanishlari shart".

O'ylab qoldim, so'nggi paytlarda futbol uchrashuvlarida hakamlar o'z xatolari orqali birinchi planga chiqib qolishmoqda. Lekin ularning tayyorgarligi uchun O'FA va O'zFHM tomonidan etarli sharoitlar yaratilganmi? Ular ham futbolchilardek yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishyaptimi degan savol barchamizni o'ylantirishi zarur. Qaysidir yili hakamlarimiz uchun Turkiyada maxsus o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etilgandi. SHundan keyin bunday narsa bo'lganini eslay olmadim. Hakamlarimiz kamroq xato qilishini istasak ularga ham jiddiyroq etibor qaratishimiz kerak deb o'ylayman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика