So’nggi yangiliklar

15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  1 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  4 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  14 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2

Yangi mavsumda "Navbahor"ni kim boshqarishi aniq Yangiliklar

Yangi mavsumda "Navbahor"ni kim boshqarishi aniq

Xabaringiz bor, "Navbahor" klubi rahbariyati mavsum yakunidan keyin jamoa bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisning faoliyati bo'yicha bosh qotirayotgani haqida xabar bergandik.

Superliganing o'tgan mavsumida chempionat o'rtasida jamoadan haydalgan va mavsum yakuniga yaqin ishga qaytarilgan Kanchelskisning kelasi mavsumdagi faoliyati bo'yicha yakuniy qarorga kelingan.

Andrey Kanchelskisni istefo masalasini ko'rib chiqqan "Navbahor" rahbariyati yakunda rossiyalik mutaxassisni jamoa rulida qoldirishni maqul topdi.

"Navbahor" bilan yana 2,5 yillik shartnomasi mavjud murabbiyni istefosi "Navbahor"ga 500-600 ming AQSH dollariga tushardi. CHunki Kanchelskisning "Navbahor" bilan tuzgan shartnomasida tovon puli haqida alohida band ko'rsatilgan. SHu bois ham "Navbahor" rahbariyati yangi mavsumda ham Kanchelskisga imkoniyat berishga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, Kanchelskis "Navbahor" rulida jami 27 uchrashuv o'tkazdi. O'tkazilgan o'yinlarda 7 g'alaba, 11 durang va 9 mag'lubiyat qayd etilgan. To'plar nisbati: 24-28.


Qayd etish kerakki, agarda Kanchelskisning ehtimoliy istefosi ruy berganida, unda "Navbahor"ni boshqarish uchun mahalliy mutaxassislar ichidan Otabek G'ulomxo'jaev hamda "Nasaf" bosh murabbiyi sifatida uzluksiz 7 yildan buyon ishlab kelayotgan Ro'ziqul Berdiev nomzodi short-listdan o'rin olgandi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика