So’nggi yangiliklar

03:00Ла Лига. "Барселона" меҳмонда ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, каталонияликлар биринчи ўринга қайтишди  31 02:47А Серия. Лаутаронинг голи "Интер"га "Женоа" устидан ғалабани тақдим этди, миланликлар вақтинча биринчи ўринга кўтарилишди  0 00:53"Ювентус" АПЛдан италиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши деярли аниқ, аммо...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Унион"га жавобсиз 6та гол урди, "Байер"дан меҳмондаги ишончли ғалаба  2 00:34АПЛ. Рэшфорддан 2та ассист, Асенсиодан 2та гол — "Астон Вилла" ўз уйида "Челси"га қарши камбэк эвазига ғалабага эришди  13 00:28Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Валенсия"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, вақтинчалик биринчи ўринга чиқиб олди  8 00:01А Серия. "Торино" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  9 23:05Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" даҳшатли камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  9 23:01Гвардиола Эдерсоннинг ўрнига испан дарвозабонни олиб келадими?  2 22:30"Барселона" Франция чемпионатидаги ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  2 22:04АПЛ. "Арсенал" кутилмаганда ўз майдонида мағлуб бўлди, "Тоттенхэм" эса меҳмонда 4та гол урди  25 20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  3 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  4 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  16 19:45АПЛ. "Манчестер Юнайтед" 0:2ни 2:2га айлантирди  48

Yangi liboslar taqdimotini o'tkazishni qachon o'rganamiz?! Yangiliklar

Yangi liboslar taqdimotini o'tkazishni qachon o'rganamiz?!

Mamlakatimizda katta futbol mavsumi boshlanish arafasida turibdi.

Bugun amaldagi chempion "Paxtakor" yangi bosh murabbiy Piter Xyuistra ishtirokida matbuot anjumani o'tkazdi. Toshkentning boshqa bir jamoasi "Lokomotiv" esa yangi sarbon Mikael Sekeyra bilan birga jalb qilingan futbolchilar bilan ham matbuot anjumani o'tkazdi. SHuningdek, Namanganda "Navbahor" ham yangi mavsum oldidan taqdimot marosimi o'tkazdi. SHu bahonada futbolimizda etibordan chetda qolib keladigan bir jihatga to'xtalib o'tishni joiz deb bildim.

27 fevral kuni Janubiy Koreyada K-liga 1 va K-liga 2da yangi mavsum start oldi. Koreys klublarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatar ekanman ularning mavsum oldidan yangi liboslarini qay tarzda taqdim etishgani etiborimni tortdi. Sababi, bu narsa bizning futbolda etibordan chetda qolib keladi. K-liga 1ning barcha klubi yangi mavsum uchun formalarini turlicha ko'rinishda taqdim etishgan. Bunda asosiy forma, darvozabonlar libosi, ikkinchi va uchinchi formalar ham taqdim etiladi. Bizda esa jamoalarning yangi libosini odatda maydonga tushib kelishganda bilamiz. Bazida jamoalarimiz mavsum uchun "sarpolari"ni namoyish etishadi. Ammo, haminqadar.

"Suvon" klubi uy va safar liboslarini shu tarzda taqdim etgan.


Hamyurtimiz Jamshid Iskanderov to'p tepadigan "Sonnam" klubining uy va mehmon formalari.


"Poxang Stilers" har uchchala komplektni va darvozabonlarning ikki komplekt libosini ham o'yinchilar egnida aks ettirib taqdim etgan.


"Nasaf" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Islom Kenjaboev borib qo'shilgan K-liga 1 debyutanti "Jeju Yunayted" esa barcha komplekt formalarni bitta suratda va yoqimli ko'rinishda taqdim etgan.


Endi Janubiy Koreya va O'zbekiston chempionatini, klublarini va bu ikki yurt futbolidagi sarmoyalardan kelib chiqsak ularga o'zimizni solishtirish to'g'ri emas, degan fikr paydo bo'lishi mumkin. SHu jihatni inobatga olib K-liga 2 klublarini ham kuzatib chiqdim. Koreyaning ikkinchi darajali ligasidagi 10ta ishtirokchining barchasi yangi liboslarini ajoyib ko'rinishda taqdim etgan. Demak, bu borada hammasi etibor va shu ishni bajarish uchun yaratib beriladigan shart-sharoitlarda.

K-liga 2 azosi bo'lgan "Jonnam Dregons" o'yinchilar uchun ham, kiperlar uchun ham uch xil formalarni taqdim etgan.

Zo'r-a. SHunga o'xshash fotosessiya va maxsus videorolik ishlab yangi formani taqdim etish uchun o'zbek klublariga nima etishmaydi? Mablag'? SHaroit? Xohish? Etibor?


O'tgan mavsum tarkibida hamyurtimiz Doston Tursunov harakat qilgan "Pusan Ay Park" jamoasining uy va mehmon libosi.


 

K-liga 2ning navbatdagi ishtirokchisi "Ansan Griners"ning uy, safar va darvozabonlar formalari taqdimoti.


K-liga 2 vakili "Puchxon-1995" jamoasining yangi mavsum oldidan liboslarni taqdimoti fotosessiyasidan.


Yuqorida K-liga 1 va K-liga 2 klublari yangi mavsum oldidan liboslarini qay tarzda taqdim etishganini ko'rdingiz. SHunga o'xshash fotosessiya va maxsus videorolik ishlab yangi formani taqdim etish uchun o'zbek klublariga nima etishmaydi? Mablag'? SHaroit? Xohish? Etibor?

Bu faqat klublarimizga emas, O'FAga ham tegishli. Yaqinda ayollar terma jamoamiz Turkiyaning Antalya shahrida "Festival Women’s Trophy 2021" xalqaro turnirida ishtirok etib qaytdi. Unda qizlarimiz yangi liboslarda o'ynashdi. Biz esa buni o'yin galereyasi chiqqanida suratlarda ko'rdik.


SHu o'rinda yana bir savol tug'iladi: O'zi har mavsum libosni almashtirish nima uchun kerak? Bu avvalo klubning titul homiysi uchun kerak. Sababi, shu orqali ular o'z brendlarini reklama qiladilar, har mavsum yangi dizayndagi forma va muxlislar har yili yangi futbolka xarid qiladilar. Deylik, "Inter" 3 yil bir xil libosda o'ynasa muxlislar har yili yangi "sarpo" sotib olishlari mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Yangi dizayn, yangi libos va har yilgi xaridlar. Evropaning grand klublari "Nike", "Adidas", "Puma", "New Balance", "Warrior" kabi turli brendlardan millionlab dollar olishadi. O'zbek klublari va terma jamoalarimiz uchun bu jihat mos emas. Yani, hech bir vakilimiz uchun yirik brendlar maxsus dizayndagi libos yaratib berishmaydi. Klublarimiz va terma jamoalarimiz faqat tayyor formalarni sotib olib kelishadi yoki ayrim firmalarning O'zbekistondagi rasmiy dillerlariga buyurtma berishadi. SHunda ham maxsus dizayn yaratilmaydi. Ayrim klublarimiz mavsumni o'tgan yilgi liboslarda boshlashadi. Bir nechta turdan keyin yangi liboslarda maydonga tushib kelishadi. Bunaqasi futbolimiz uchrab turadi. Bazi klublarimizda o'zining doimiy rangi ham yo'q. Malum davrda bir rangdagi formada, boshqa davrda yana o'zgacha rangdagi formada o'ynashadi.


Yaqinda klublarimiz xorij yig'inlariga matbuot xizmati xodimlarini olib ketmasligi haqida maqola chop etgan edik. Bugungi mavzu ham xuddi o'sha xorijga olib ketilmaydigan fotograf va matbuot kotiblari mavzusi kabi muhim, lekin javobi ko'rinmayotgan jihat. Hozircha klublarimiz asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich professionallik sari qadam tashlashlaridan umid qilishimiz mumkin xolos. Zero, umid oxirida so'nadi. Oxiri esa ko'rinmaydi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика