Yang "Inter"da qancha maosh olishi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 16:29
"Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yang faoliyatini "Inter"da davom ettirishga yaqin turibdi.

"FCInterNews" xabariga ko'ra, bundan bir necha soatlar oldin futbolchining agentlari Milanga borishgan va "neradzurri"lar bilan shartnoma borasida kelishib olishgan.

Shartnoma 18 oyga mo'ljallangan bo'lib, ushbu vaqt davomida angliyalik futbolchi 6 million evro maosh oladi.

"Manchester Yunayted" esa ushbu transferning ortidan 1,5 million evro ishlab olishni istamoqda. Yaqin 48 soat ichida transfer rasmiylashtirilishi borasida Italiya matbuoti bong urmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FCInterNews