So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  2 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Yana hakamlik va yana “Real” Yangiliklar

Yana hakamlik va yana “Real”

Teglar :  Real
ECHL – qiziqarli turnir.

SHunchalar qiziqarliki, uch yildan buyon bir jamoani finalda ko'ryapmiz. “Real” o'tgan ikki yilda ishonchli o'yin ko'rsatgan holda sovrinni qo'lga kiritdi. Biroq bu safar...

Urushsiz to'y – to'y emas deganlaridek, “Real”ning ECHLda o'z maydonidagi so'nggi ikki uchrashuvi mojarolarga boy bo'lmoqda. Aslida-ku, menga farqi yo'q, kim yutadi, kim yutqazadi, bu maqolani shunchaki neytral muxlis sifatida yozdim. “Real”da metindek himoya, kuchli yarim himoyachilar, zamonaviy futbolning qiroli deb ataladigan hujumchisi bor, yani jamoaning har bir futbolchisi juda kuchli. Biroq “Real” – kuchli jamoa emas. “Bavariya” fonida Madrid superklubining haqiqiy darajasi ko'rinib qoldi. To'g'ri emasmi...

Yo'q, adashdim, o'tgan mavsumda ham jamoaning bir necha gollari offsayd evaziga urilgandi, biroq bu borada chuqurlashib o'tirish shart emas, “Real” haqiqatdan ham kuchli jamoa ekanligini isbotlagandi. Endichi...

Eng katta xatolik – o'yingacha bo'lgandi. Juneyt CHaqir ismli hakam “Real”ni yaxshi ko'rishini barcha bilardi. UEFA ham aynan uni, aynan “Real” bilan o'yinga tayinladi (xuddi “Real”ni finalga olib chiqish rejalashtirilgandek). SHu xabarni o'qidim-u, ichimdan bir gap o'tdi: “Nimadir bo'ladi”. Ko'nglim sezibdi. Yaqqol penalti berilmadi. Marselo tan oldiku-ya, ammo endi buning foydasi yo'q. “Bavariya” shunday o'yini bilan ECHLni tark etgan achinarli bo'ldi.


Hakamlarning xatolari faqatgina “Real”ning o'yinlarida takrorlanayotgani esa odamni ajablantirmay qo'ymaydi. Nega aynan “Real” va yana nega aynan hakamlik. "Real" yutsin, gap yo'q. Biroq o'sha g'alabada hech qanday etiroz bo'lmasin. Bizga shu kerak. O'shanda g'olib muhokama bo'lmaydi. Kamentlarda esa muallif va maqola muhokamada bo'ladi. Albatta, haqiqat achchiq, haqiqatni aytgan odam esa hech kimga yoqmaydi.

“Bavariya”ga ham, Xaynkesga ham tan bering. Madridda jamoa bunday o'yin ko'rsatishini hech kim kutmagandi va siz-u biz kutmagan tarzda harakat qilishdi. Tinimsiz hujumlar, g'alabaga bo'lgan intilish juda kuchli bo'ldi. Bosh murabbiy futbolchilariga kerakli so'zni topgani bilindi. Ammo hakam katta xato qildi.

To'g'risini aytganda to'p Marseloning qo'liga tegganini ko'ra olmaslik uchun hakam yo dovdir yoki ko'r bo'lishi kerak, deb o'ylayman. Hakam esa bir emas, bir necha. Birgina shu xatolikning o'zi Superligamizdagi barcha xatolarning o'rnini bosib ketdi, nazarimda...

Futbolda g'oliblar muhokama qilinmaydi degan gap bor. Ammo “Real”ning kechagi, undan tashqari “Yuventus” ustidan qozonilgan g'oliblik muhokamalar markazida. Bittasida penalti berildi, bittasida yo'q. Madrid muxlislari uchun bu mayda gaplardek tuyuladi chamamda, to'g'rimi? Ammo penalti - 99 foizlik gol ekanini barcha biladi, shu boisdan bu mayda gap emas.

Xaynkes: “Hakamlardan emas, o'zimizdan o'pkalashimiz lozim”

O'yin tugaganidan keyin Xaynkes aybni hakamlarga yuklamaslik kerakligini va “Bavariya”da ham ayb borligini aytdi. Bu “Real”ning hurmati uchun aytilgan gap. Kiyinish xonasida futbolchilar va murabbiy o'rtasida qanday gaplar o'tganini hech kim bilmaydi, ichki gaplar esa tashqariga chiqarilmaydi.

Yana qaytaraman, bu maqolani xolis jurnalist sifatida yozdim. “Real”ning yutgani menga issiqlik ham, sovuqlik ham bermadi. Ammo uchrashuvda adolat tantana qilmadi, xuddi “Yuventus” bilan uchrashuv kabi. Oxiri baxayr bo'lsin.

Muallif : Mirjalol Normatov
Reyting: -132   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика