Yana boshlandi... "CHelsi" yozgi transferlar uchun katta pul sarflamoqchi
13 fev 15:20
Yangiliklar
Yana boshlandi... "CHelsi" yozgi transferlar uchun katta pul sarflamoqchi
"Ko'klar" tarkibni kuchaytirish ustida ishlashda davom etadi.
"CHelsi" yozgi transferlar uchun 200 mln funt sarflash ehtimoli bor, deya xabar berdi jurnalist Ben Jeykobs.
O'yinchilarni sotishda "ko'klar" byudjeti 300-350 milliongacha oshadi.
London klubining yozdagi asosiy maqsadi hujumchi bilan shartnoma imzolash. Ustuvor nomzodlar orasida Viktor Osimxen ("Napoli") va Ayven Touni ("Brentford") bor. Har ikki futbolchiga "Arsenal" ham qiziqmoqda.
"CHelsi"ning yana bir transfer maqsadi – "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis. "Aristokratlar" u uchun "Real" bilan kurash olib borishlari kerak. Hozircha futbolchini qo'lga kiritish uchun "qaymoqranglilar" ko'proq imkoniyatga ega.
Fikrlar