So’nggi yangiliklar

21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  0 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  0 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  2 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  28

Yakshanba - mutolaa kuni. Aleksandr Mostovoy, "SHoh" laqabli" (davomi) Yangiliklar

Yakshanba - mutolaa kuni. Aleksandr Mostovoy, "SHoh" laqabli" (davomi)

Odatga ko'ra har yakshanba kuni rossiyalik mashhur sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoyning "SHoh" laqabli" avtobiografik kitobidan parchalar berib borishda davom etamiz.


Ruschadan Xayrulla Xoliqov tarjimasi

IKKINCHI BO'LIM. TO'P VA SHAYBA ORASIDA

Uyda o'tirib katta garmonimdan baland ovozda tovush chiqarar ekanman, derazaning naryog'ida men tengi bolalar maza qilib futbol yo chillak o'ynayotgan bo'lishadi. Men bo'ynimni zo'rg'a cho'zib derazadan ularga qarayman. Oxiri baribir chiday olmadim: “Meni tinch qo'yinglar, mana bu katta garmon ham kerak emas”. Keyin ko'chaga yugurib chiqib ketdim.

“Spartak”da avvaliga boshqa Mostovoy - Aleksandr emas, Vladimir - yani otam o'ynashi mumkin edi. Lekin buni ko'pchilik bilmaydi. 1970 yil “qizil-oqlar” o'rinbosarlari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun Lobnyuga keladi. Bu erning mahalliy “Kolos” jamoasi tarkibida otam o'ynagan. O'rtoqlik o'yini 3:3 durang bilan tugaydi va otam ikkita gol uradi. Otamning harakati “spartakchilar” murabbiyi Nikita Simonyanga maqul kelib, uni Moskva jamoasiga olib ketishni xohlab qoladi. SHunda “Kolos” direktori o'rnidan turib shunday deydi: 

- U sizga nimaga kerak? Axir yoshi o'ttiz uchda-ku! Yaqinda futbolni tugatsayam kerak.

Simonyan o'ylanib qolib engil bosh chayqaydi:
- Eh, afsus, men uni istiqbolli bola deb o'ylagandim-a.

Masalaning o'ziga tortadigan tomoni shuki, otam o'sha vaqt endigina yigirma to'rt yoshga to'lgandi. Faqat “Kolos” direktori otamdek yaxshi futbolchi bilan osonlikcha xayrlashishni xohlamagan, shu bois yolg'on gapirishga majbur bo'lgan. Otam tumanlararo musobaqalarda o'zini ko'rsatib jamoasiga ko'p yordam bergan. Mana nima uchun direktor ayyorlik qilgan.

Otam bu haqda oradan o'n yil o'tib xabar topadi. O'g'li “Spartak”ka qatnay boshlaganidan so'ng aslida nima bo'lganini unga etkazishadi. Va albatta aldashganidan otamning jahli chiqadi. Nailoj - hayotni boshqatdan yoza olmaysan. Biroq “Spartak”da o'ynash menga nasib etgan ekan. 

Vladimir Yakovlevich, otasi: - O'sha o'yin aniq yodimda qolgan. Kuchli jala quygandi. Natijada o'yinning oxirgi o'n besh daqiqasini o'ynamasdan tugatib qo'ya qolganmiz. O'yindan keyin Nikita Simonyan jamoamiz homiysi va sovxozimiz raisi Arnold Turov oldiga kelib shunday deydi: - “Men mana bu “elektrichka”ni o'zim bilan olib ketmoqchiman”.

O'shanda men butun o'yin davomida xuddi aqldan ozgandek maydon maydon bo'ylab yugurgandim. Masalaning mohiyatini anglagan Turov meni qo'ldan chiqarib yuborishni xohlamay, yolg'on o'ylab topadi va yoshimga o'n yosh qo'shib aytadi. 

- U tez orada tugatsa kerak, yoshiyam o'ttiz uchda!
- Qanaqasiga o'ttiz uch? O'yinidan yoshga o'xshaydi-ku. Uni qara maydonda yugurishini.
- Ishonmassiz, Nikita Palich, lekin u o'ttiz uchda.

SHunday qilib suhbat tugaydi. Sovxoz raisi Simonyanga konyak quyib bergach mavzu ham yopiladi. Menga bu haqda oradan yillar o'tib “Spartak” selekcioner murabbiyi Valentin Pokrovskiy gapirib bergandi. Agar Simonyan o'zimning oldimga kelib shunday taklif bildirganida bormi, orqasidan yalangoyoq ketishga tayyor edim. 

Bolalalik paytimdan beri menda faqat to'p bo'lgan. Ostankino shaharchasidagi uyimiz yaqinida stadion bo'lib, men doim vaqtimni shu erda o'tkazardim. Futbol - eng sevimli mashshg'ulotim edi. Ikkinchi sinfda o'qiyotganimda otam men tengi bolalardan futbol jamoasi tuzishini eshitganimda behad xursand bo'lganman. Bu - juda katta baxt, hech narsaga alishib bo'lmas his-tuyg'ular edi. 

Bizni o'sha stadionga yig'ishdi - u erda asosan yoshi kattalar o'ynardi. Qandaydir eski chaylaga o'xshash joyni kiyim almashtirish xonamiz deyishdi. Keyin elon qilishdi: bolalar, sizlar bilan futbol jamoasi tuzamiz, yon-atrofdagi tumanlardan keladigan bolalar bilan o'ynaysizlar.

Bu biz uchun eng katta xushxabar edi. Endi bizning ham futbol jamoamiz bor, boshqa joydan keladigan bolalar bilan birga o'ynaymiz. Kattalar o'yin o'tkazadigan o'zimizning stadionda. Naqadar g'aroyib! O'sha kelgindilarni chilparchin qilib tashladik. Ularga ettita yo sakkizta gol urdik, ular bo'lsa hech qancha. O'yin ayniqsa menga maqul keldi, adashmasam to'rtta yo beshta golni o'zim urdim. Bolalar yig'lagudek qaytib ketishdi. Biz g'alabadan sarmast edik va o'zimizni qahramonlardek his qilardik.

Men yoshligimdayoq tengqurlarimdan ajralib turganman. Otam doim menga qaragan, orqamdan kuzatib yurgan deb aytolmayman. O'zim maktabga borardim va qaytgach uy ishlariga yordam berardim. Uyda ish yo'q kunlari sumkani otib tezda kiyimlarimni almashtirardim-u, to'pni olib ko'chaga yugurardim: “Men stadionga ketyapman, kim boradi?” Men uchun nechta odam kelishining farqi yo'q edi. Mabodo hech kim kelmasa o'zim bilan o'zim o'ynardim. Asosiysi - to'p bo'lsa bo'lgani edi. Maydon chetiga bo'sh koncerva qutilarini terib qo'yib ular orasidan to'pni olib o'tishni xush ko'rardim. To'p uzatish texnikasini esa darvoza ustuniga to'pni tekkazib mashq qilganman. Agar yoshi kattalar kelib qolsa ularga qo'shilib o'ynardim. Uyga esa qorong'i tushganda qaytardim. 

Menda boshidanoq hammasi joyida bo'lgan. Xohlasam besh-olti kishini ko'rdim demay aldardim va tinmay gol urardim. “Kolosok” nomli futbol jamoamiz to'g'ri kelgan raqibni yutib ketaverardi. Futbolda texnika sen bilan tug'ilishi shart. Aldash, zarba berishni mashq qilib o'rgansa bo'ladi. Lekin baribir istedod bu - istedod. U senda tabiatdan bo'lishi kerak. Men Ronaldino o'zining ajabtovur harakatlarini tinimsiz mashg'ulotlar orqali o'rgangan demagan bo'lardim. Unda ham tug'ma talant bor va shuni o'stirishga erishdi. Men ham o'z paytida mahoratimni oshirib borishga harakat qilganman. Qanday qilib deysizmi? Bolakaylardan birini chaqirib, qani mendan to'pni
olib qo'y-chi derdim. Keyin uning boshini aylantirib aldab yuraverardim.

Futbol jamoamiz tuman birinchiligida, “CHarm to'p” bolalar musobaqasi va boshqa har xil turnirlarda ishtirok etardi. Biz hamma musobaqalarda birinchi bo'lganmiz, o'zimizning Dmitrovsk tumanida bizga teng keladigani yo'q edi. Men hujumda o'ynab har o'yinda gol urardim. Yosh bo'lishimga qaramay, o'zimdan kattalar jamoasida to'p tepardim va ko'pincha boshqalardan ajralib turardim. Men oldinga yugurib faqat bir narsani so'rardim: "To'pni menga oshiringlar".

Bolalagimda urgan gollardan biri hamon yodimda qolgan. Qaysidir o'yinda biz ancha payt to'p kirita olmadik. Men doimgidek oldinga yugurib baqirdim: “To'pni oshir menga!” Lekin to'p mengacha etib kelmasdi. Darvozamizni semiz bir bola qo'riqlardi. Uning kamchiligi to'pni hech uzoqqa otolmasdi. Men unga baqirdim, baqirdim, oxiri o'zimning ham jonimga tegdi. Keyin himoyaga qaytib to'pni uzat menga dedim. Men to'pni oldim-u, oldinga qarab chopdim...

SHundan keyin nima bo'lganini xuddi sekinlashtirilgan kadrdek eslayman: avval raqibning bir o'yinchisini aldab o'tdim, keyin ikkinchisini, ortidan uchinchisi, nihoyat to'rtinchisi... Meni umuman to'xtatib bo'lmasdi. Bunday "yovvoyilik" menda darvozabonimiz to'pni uzoqqa ota olmasligi deb bo'ldi. Yakunda oltita futbolchini aldab raqib darvozasi tomon yaqinlashib bordim va bor zarb bilan gol urdim. Keyin shu zahoti orqamga, o'zimizning baqaloq darvozabonga o'girildim: “Ko'rdingmi, futbolni qanaqa o'ynash kerak”. 

Lekin futbol yoshlikdagi yagona ovunchog'im bo'lmagan. Men xokkey ham o'ynardim. Bizda xokkey jamoasi ham bo'lib, lekin futbol jamoamiz singari shakllangan emasdi. Konki ustida men etakchilardan biri edim va xokkeyda ham ko'p gol urardim. Xokkeyni futboldan kam yaxshi ko'rmaganman. Umuman olganda, menga barcha sportning o'yin turlari yoqqan - basketbol, voleybol, stol tennisi. 

O'n bir yoshga to'lganimda ota-onam meni musiqa maktabiga berishga qaror qildi. O'sha paytlari bu rosa urf bo'lgandi. Ota-onam buvimnikida turgan eski katta garmonni olib kelishdi. Bir oycha shuni chalishni mashq qildim. Musiqa maktabiga qatnab pianino chalishni o'rgandim. Lekin nimagadir musiqa unchalik yoqmasdi. Darsdan keyin uyda o'tirib katta garmonni puflar ekanman, ko'chadan bolalarning qiy-chuvi eshitilar, ular maza qilib maydonchada to'p tepayotgan bo'lardi. Men esa bo'ynimni cho'zib derazadan qarardim. Oxiri chiday olmadim. “Menga musiqa ham, garmon ham kerak emas” dedim-u, ko'chaga otildim. 

Maktabda fizika va ximiyani yoqtirmasdim. Faqat o'zimni ko'rsatishim mumkin bo'lgan fanlarga qiziqardim. Masalan, rasm chizish. Katta sinfga o'tgach endi tarix yoqmay qoldi. Ayniqsa, sobiq ittifoq tarixini umuman o'qigim kelmagan. Menga turli dokladlar, sezdlar, nutqlar nimaga kerak? Agar shu fandan imtihon bo'lsa bormi, men tamom edim. Bir gal qo'limga o'ttizta bilet tutqazib bittasini tort va tayyorlan deyishdi. “SHuni o'qishim shartmi? Hammasini qanday yodlayman” deganim esimda.

Maktab fanlaridan geografiya yoqardi. Maktabga chiqmasimdan burun boshqa shaharlar va davlatlar haqida hech narsa bilmaganman. Bir gal o'qituvchimiz qaysidir davlat haqida gapirib berganida lol bo'lib tinglaganman. Men boshqa joylarda ham bizga o'xshash odamlar borligini, ular ham o'z ona tilida gaplashishlarini tasavvur qila olmasdim. Keyinchalik dunyoning ko'p qismini kezib chiqish etti uxlab tushimga kirmagan. Maktab paytida buni faqat orzu qilardim, xolos. 

Jonivorlarni yaxshi ko'rardim, ayniqsa kuchukni. Lekin uyda it boqmaganman, shu bois ko'chadagi daydi itlarga qarab yurardim. Ularga g'ishtdan uy yasab har kuni nimadir ovqat berib turardim. Mahallamizda kuchukka qiziqadigan bolalar ko'p edi, kim uydan nima topsa olib chiqib berardi.

Albatta, bolalik janjalsiz o'tmagan. Men doim qo'rqmay mushtlashganman. Ko'pchilik bolalar orqamga bekinib olishardi. Kinoga yoki qizlar bilan raqsga borgan paytimiz qaytishda begona bolalarga duch kelardik va arzimagan bahona bilan janjal chiqardi. “Sigaretdan olsang-chi?”, “CHekmayman”. Va shu bilan janjal. Lekin men ham qaytmasdim, yiqilib qolsam ham urishaverardim. 

Lekin hech qachon mushtlashuvni birinchi bo'lib boshlagan emasman. Agar qaerda adolatsizlik ko'rsam, bunga chidab turolmayman. Umuman olganda, men juda ko'p janjalga aralashganman. Bu narsa keyinchalik ham qolib ketdi. Mashg'ulot paytida kimdir ishlamayotganini ko'rsam, o'zimni bosib turolmayman. Bunday paytda loqayd bo'lish menga begona. Bazilar hatto bor ishingni qil, sen o'zi kimsan degan paytlar ham bo'lgan. SHunda mushtim tilga kirardi. Janjalga doim tayyor turganman. Maqsadim mushtlashish bo'lmagan, faqat har kim mashg'ulotda borini berib ishlasin deyman. Odamlar esa boshqacha tushunib, Mostovoy o'zini boshqalardan ustun qo'yadi deb o'ylashardi.

Maydonda hech qachon adolatsizlikka chidab turgan emasman. Agar o'yin paytida raqib meni ataylab tepsa, itarib yuborsa yoki asabimga tegsa, bundan berkinib o'zimni olib qochmaganman. Zarur paytda javob berishni ham bilganman. Men doim haqiqat tarafdori bo'lganman va nimadir yolg'onga o'xshasa shu zahoti qarshi chiqqanman. Maktabda ham kimdir daftarni otib xuddi men qilgandek ko'rsatmoqchi bo'lsa o'qituvchimiz meni aybdorga chiqarardi.

- Mostovoy, nima qilyapsan?
- Men emas, ustoz.

Keyin o'rnimdan turib o'sha bolaga gapirardim: nega qilganingni tan olmaysan? U bo'lsa bunga javoban: nimalar deyapsan? O'tir, joyingga! Dars tugaganidan keyin u mendan ko'radiganini ko'rardi. To'g'li, jahlim unchalik chiqmasdi, lekin bir-ikki bor yaxshilab musht tushirib aldoqchini o'ziga keltirib qo'yardim. Qizlar bilan munosabatda judayam tortinchoq edim. Mana shu tortinchoqchiligim tufayli ko'p qizlar bilan do'stlashib keta olmaganman. Qizlar sergap bolalarni yoqtirardi. Men esa unday emasdim. CHunki bor etiborim faqat sportga qaratilgandi.

Davomini 31 dekabr kuni kuting...

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика