So’nggi yangiliklar

13:44Ўзбекистонда ўтадиган футзал бўйича Жаҳон чемпионати-2024 тимсоли эълон қилинди  6 13:22Эркин фикр: Олимпиада футболдан воз кечиши керак  5 13:00Бугун Олимпиадада иштирок этадиган спортчиларимизнинг иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:53Флик: "Биз тўғри йўлдамиз, ҳали яна қўшишимиз мумкин"  4 12:05Анчелотти: "Суперкубок ҳақида ўйлаш вақти келди"  4 11:18"Месси мени ҳамиша тушликка таклиф қилади"  10 10:26"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Икрамов Темур  0 10:11Англия терма жамоасини сентябрь ойидаги ўйинларида ким бошқариши маълум  1 09:44«Бавария» ёзда тўрт нафар футболчисини сотади  3 09:15Мбаппе ёки Виниcиус? Анчелотти «Реал Мадрид»да ким пенальти тепишини айтди  3 08:48Ўзбекистон кубоги. Бугун чорак финалнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  18 08:20ЕЧЛ, 3-саралаш босқичи. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:55Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Милан" 2:2, "Барса" пенальтиларда ютқазди  2 07:50Бугун Баҳодир Жалолов ва яна 4 нафар спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади (рўйхат)  4 07:35Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Челси" 2:1, Мудрикнинг тезкор рейдига аниқлик етишмади  1

XXIV mavsumning yakuniy statistikasi Yangiliklar

XXIV mavsumning yakuniy statistikasi

Mana XXIV milliy chempionatimiz ham o'z nihoyasiga etdi. G'olib va sovrindorlar aniqlandi, kelasi yili birinchi ligaga ravona bo'luvchi jamoa nomini ham bilib oldik.

Yakuniga etgan chempionat ham tarixga aylandi. Biz ham ushbu tarixni raqamlar yordamida sizlarni yodingizga solmoqchimiz.

XXIV milliy chempionatimiz yakunlari raqamlarda

XXIV milliy chempionatimizda jami 240ta o'yin o'tkazildi.  Darvozalarga  665ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,77 tadan to'p to'g'ri keladi).

Paxtakor va Lokomotiv o'z maydonda mag'lub bo'lishmadi. Dinamo safarda eng kam g'alabaga erishdi - 1ta.

Bunyodkor o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborgan – 4ta. Buxoro esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 25ta.

Paxtakor va Nasaf safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 13tadan to'p o'tkazib yuborgan. So'g'diyona safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 38ta to'p olib chiqqan. 


 
Paxtakor o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 43ta. Dinamo o'z uyida eng kam 17ta gol kiritgan.

Lokomotiv safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 29ta. Andijon esa safar uchrashuvlarida eng kam to'p kiritgan – 9ta.

Paxtakor o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 43 ta. Buxoro o'z maydonida eng kam ochko yiqqan – 17ta.

Safar uchrashuvlarida temiryo'lchilar eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 33ta. Dinamo safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo'lga kiritgan – 5ta.

24-chempionatda kiritilgan  665ta goldan 405tasi (60,9%) mezbonlar, 260tasi (39,1%) mehmonlar hisobiga yozildi.   

Bo'lib o'tgan 240 uchrashuvning  133tasida (55,42%) maydon egalari, 67tasida (27,92%) mehmonlar zafar quchishgan.  40 o'yinda (16,67%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.



30ta tur davomida futbolchilar jami 1006 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 4,19tadan kartochka to'g'ri keladi). 53 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,22 tadan chetlatish to'g'ri keladi).

Uchrashuv hakamlari 69 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 53 holatda (76,81%) to'p darvozaga kiritildi. 16 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan.

XXIV milliy chempionatda 10ta avtogol qayd etildi. Eldor Suyunov (Nasaf), SHerzod SHaripov (SHo'rtan), Jahongir Abdumo'minov (Olmaliq), Laziz Ubaydullaev (SHo'rtan), Nikolay CHipev (Buxoro), Elyor Akbarov (So'g'diyona), Jahongir Jiyamurodov (Mashal), Ulug'bek Baqoev (Buxoro), Suxrob Qobilov (Qo'qon-1912) va Maksimilian Fomin (Buxoro) o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishdi.

Mavsumda 58ta dubl qayd etildi. 40 futbolchi bir uchrashuvda ikki marta gol kiritishdi. Igor Sergeev (Paxtakor) 5, Bahriddin Vahobov (Qizilqum) va SHahzodbek Nurmatov (Metallurg) 3 martadan, Saidjon Abdujabborov (Metallurg), Azamat Allaniyozov (Nasaf), Marat Bikmaev (Lokomotiv), Artur Gevorkyan (Nasaf), Aziz Ibragimov (Dinamo/Buxoro),  Igor Taran (SHo'rtan), Otabek Haydarov (Qo'qon-1912), Ilhom SHomurodov (Nasaf), Vohid SHodiev (Bunyodkor) va SHahboz Erkinov (Navbahor) bunday natijani ikki bor takrorlashgan.



To'rt futbolchi esa bir uchrashuvda uch marta gol kiritishgan. Bahriddin Vahobov (Qizilqum) xet-trikka ikki marta erishgan yagona futbolchi bo'ldi. Igor Sergeev (Paxtakor) va Ulug'bek Baqoev (Navbahor) bir martadan xet-trik qayd etishdi.
Bellashuvlarini jami 1260022 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (O'rtacha har bir o'yinga 5250 to'g'ri keladi).

Eng ko'p tomoshabin Neftchi – Nasaf uchrashuviga tashrif buyurdi – 17143. Eng kam tomoshabin esa Bunyodkor – Metallurg uchrashuviga tashrif buyurgan – 424 nafar.

Muxlislar to'plash borasida Buxoro jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 226979. Neftchi 208999 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. Qizilqum esa 190597 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. Metallurg o'yinlariga esa eng kam tomoshabin kelgan – 81355.

Buxoro jamoasi o'z maydonida ham eng ko'p ishqiboz to'plagan – 154714ta. Lokomotiv bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 22474.

Safar o'yinlarida Nasaf jamoasining (100559) muxlisi ko'p. Safarda Metallurgning muxlislari eng oz – 56143.

XXIV milliy chempionatning 240 uchrashuvidan 31tasida yirik hisob qayd etildi. Lokomotiv eng ko'p 6ta yirik hisobdagi g'alaba bor. CHempionatning eng yirik hisobi Lokomotiv – So'g'diyona (hisob – 7:0, 18-tur) uchrashuvida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 240 uchrashuv 17 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 54 marta, 2:1 – 45 marta, 3:1 – 27 marta, 2:0 – 25 marta, 1:1 – 15 marta, 3:2 – 13 marta, 0:0 – 12 marta, 3:0 – 11 marta, 2:2 – 10 marta, 4:1 – 8 marta, 4:0 va 4:2 – 5 martadan, 3:3 va 5:1 – 3 martadan, 6:0 - 2 marta, 5:0 va 7:0 – 1 martadan uchradi.  

 


Oliy liga-2012 seriyalari

Eng uzun seriyalar – Jamoalar

G'alabali seriya – Paxtakor (1 maydan – 1 iyulgacha) 9 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – Paxtakor (1 maydan – 25 sentyabrgacha) 18 uchrashuv
Durangli seriya – Olmaliq (10 maydan – 23 maygacha), SHo'rtan (16 avgustdan – 25 avgustgacha) va Dinamo (31 oktyabrdan – ...) 3tadan uchrashuv
Durangsiz seriya – So'g'diyona (25 apreldan – 12 sentyabrgacha) 16 uchrashuv
G'alabasiz seriya – Buxoro (12 martdan – 26 iyungacha) 14 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – Buxoro (16 maydan – 26 iyungacha) va Qo'qon-1912 (24 maydan – 1 iyulgacha) 6tadan uchrashuv
Golli seriya – Paxtakor (12 martdan – 16 oktbyargacha) 25 uchrashuv
Golsiz seriya – Dinamo (23 maydan – 19 iyungacha) 4ta uchrashuv
Gol o'tkazib yuborish bo'yicha seriya – Qo'qon-1912 (18 apreldan - 19 sentyabrgacha) 19ta uchrashuv
Quruq seriya – Bunyodkor 5 uchrashuv (7 iyundan – 6 iyulgacha)
Yirik g'alabali seriya – yo'q
Yirik mag'lubiyatli seriya – So'g'diyona, Andijon va SHo'rtan - 2tadan uchrashuv
Yirik g'alabasiz seriya – Andijon, Buxoro, Dinamo, Navbahor, Qo'qon-1912 - 30tadan uchrashuv
Yirik mag'lubiyatsiz seriya – Paxtakor, Metallurg, Lokomotiv va Nasaf -  30tadan uchrashuv
CHetlatishli seriya – Bunyodkor, Navbahor, Buxoro, Dinamo, Qo'qon-1912 - 2tadan uchrashuv
CHetlatishsiz seriya – SHo'rtan (14 martdan – 30 oktyabrgacha) - 28ta uchrashuv



Eng uzun seriyalar – Futbolchilar
 

Golli seriya – Igor Sergeev (Paxtakor) 4 uchrashuv 5ta gol, Kamoliddin Murzoev (Dinamo), Akmal Xolmatov (Neftchi), SHavkat Salomov (Olmaliq), Stanislav Andreev (Paxtakor) - 4 uchrashuv 4ta gol.
Quruq seriya (darvozabon) – Murod Zuhurov (Bunyodkor) 5 uchrashuv 530 daqiqa.
 

Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика