Xvichaga Gladbaxning "Borussiya" klubi qiziqmoqda. Transfer 15-20 mln evroga baholanmoqda
20 iyu 2021 15:18
Yangiliklar


Xvichaga Gladbaxning "Borussiya" klubi qiziqmoqda. Transfer 15-20 mln evroga baholanmoqda
"Rubin" yarim himoyachisi Xvicha Kvaracxeliya faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
20 yoshli o'yinchiga Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda.
Nemis klubida Xvichani "juda qiziqarli, ammo qimmat o'yinchi" sifatida baholashmoqda. Gruziya terma jamoasi futbolchisining transfer narxi 15-20 mln evroga baholanmoqda.
"Borussiya" agar ushbu transfer oynasida klubning hujum chizig'idan kimdir ketsa, futbolchining transferini faollashtirishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar