Xummels: "Borussiya"dan "Bavariya"ga o'tish qarorini qabul qilish qiyin bo'ldi"
10 may 2016 17:12
Yangiliklar


Xummels: "Borussiya"dan "Bavariya"ga o'tish qarorini qabul qilish qiyin bo'ldi"
Dortmundning "Borussiya" himoyachisi Mats Xummels o'zining "Bavariya"ga o'tishiga izoh berdi.
Norasmiy malumotlarga ko'ra, Myunxen klubi futbolchi uchun 35-38 mln. evro to'laydi.
"Borussiya"dagi sakkiz yarim fillik muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng, bu qarorga kelish qiyin bo'ldi. Men doimo faxr bilan qora-sariq libosni kiyganman va bu fantastik jamoaning bir qismi bo'lganman. Ona shahrimga qaytishdan oldin "Borussiya"ga Germaniya Kubogida g'alaba qozonishga yordam bermoqchiman. Buning uchun bor kuchimni ishga solaman. Barchadan minnatdorman" - deydi Xummels.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar