So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  5 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Xuan Mata: "Futbolda biznesni yoqtirmayman" Yangiliklar

Xuan Mata: "Futbolda biznesni yoqtirmayman"

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata ispan televideniyasidagi "Salvados" dasturi mehmoni bo'ldi va zamonaviy futbolda pulning o'rni haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

CHiptalar narxi haqida: "Yunayted" qanday o'ynashini ko'rish uchun 40 funt to'lashi kerak. Bu u qadar arzon emas".

"Men zamonaviy futboldan nafratlanaman!" deydigan insonlar haqida: "Ular nimani nazarda tutayotganini bilaman. Sababi, futbol ko'proq biznesga aylanib bormoqda. Xatto, klub xo'jayinlari muxlislardan ko'ra muhimroqdek tasavvur uyg'onmoqda. Avvallari futbolda hammasi bunday emasdi. Omma etiborini o'ziga tortishga urinadigan turli insonlar va gazetalarning tasiri bo'lmasdi".

Agentlar haqida: Mening agentim - otam. U hamisha mening qiziqishlarimga amal qiladi. Agentlari shunchaki "qo'rqinchli" maslahatlar beradigan jamoadoshlarim bo'lgan. Men eshitishim kerak bo'lgan yoshligimda, ota-onalar farzandlariga qachon to'pni oshirish, qachon esa oshirmaslik kerakligini aytishardi. Men o'rtoqlarimga ularga juda yomon maslahatlar berishayotganini aytishga majburman. Katta jamoaga o'tayotgan har qanday futbolchi o'zini kamida Maradona deb hisoblaydi. Bu hamma bilan ro'y beradigan holat. Lekin, bugungi kunda men bu holatni juda yosh o'smir o'yinchilarda ham kuzatayapman. G'ayrioddiy kiyimlar kiyib, qimmat mashinalarda yurib o'zini huddi rok yulduzidek tutayotgan bolalarni ko'ryapman... Bazida ularni chetga tortib ikki og'iz gapirish kerak. Faqatgina sovuqqonlik bilan qattiq ishlashda davom etsagina mana shunday "vasvasalar"dan yakka o'zi chiqib keta oladi.

Maosh haqida: "O'zining eng yuqori darajasida futbolda yaxshi haq to'lanmoqda. Boshqa sohalar bilan taqqoslaganda biz ko'proq pul topamiz. Bu shunchaki aqlbovar qilmas holat! Futbol olamida men oladigan maosh o'rtacha hisoblanadi, lekin 99,9 % ispanlar yoki boshqa davlatdagi insonlar buni munosib "daromad" deb aytishadi".

Futbol haqida, xuddi biznesdagi kabi: "Men futbolning biznes tomonlarini yoqtirmayman. Men faqatgina o'ynashni, mashg'ulot o'tkazishni va musobaqalashishni yoqtiraman. Agar bu biznesning sportdagi rolini kamaytirsa xursandchilik bilan maoshimni qisqartirilishiga rozi bo'laman".


Tolibjon Qosimov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика