So’nggi yangiliklar

20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  0 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  4 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5

Xalq talim xodimlari "So'g'diyona" klubiga "xayriya" etgan mablag'lari qaytarilmoqda Yangiliklar

Xalq talim xodimlari "So'g'diyona" klubiga "xayriya" etgan mablag'lari qaytarilmoqda

Xalq talimi vazirining Huquqiy-nazorat xizmati Jizzax viloyatida o'qituvchilardan mahalliy futbol klubini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 272,15 mln. so'm mablag' yig'ilgani aniqlandi va hozirda ushbu mablag'larni qaytarish bo'yicha choralar ko'rilmoqda.

Bunga ko'ra, Jizzax viloyati hokimi 2018 yilning 2 noyabrida "So'g'diyona" professional futbol klubining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to'g'risida"gi 360-f sonli farmoyishi qabul qilingan. Mazkur farmoyishga asosan joriy yilning 3-4 noyabr kunlari umumxalq hashari tashkil etilgan. Farmoyishda umumxalq hashari doirasida boshqarmalar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag'lari "So'g'diyona" professional futbol klubining hisob raqamiga ixtiyoriy ravishda o'tkazilishi belgilab qo'yilgan.

Ushbu umumxalq hashari doirasida Jizzax viloyati xalq talimi boshqarmasi tasarrufidagi 10ta tuman xalq talimi bo'limiga qarashli umumiy o'rta talim maktabi ishchi-xodimlaridan jami 272 156 729 so'm miqdorida pul mablag'lari ishchi-xodimlarning ish haqidan o'tkazib berilgan.

Takidlash lozimki, hokimning bu farmoyishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 349-sonli "O'zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qaroriga zid ravishda qabul qilingan.

Hukumat qarorining 2-bo'lim "a" bandiga ko'ra, umumxalq hasharini o'tkazish to'g'risida faqat O'zbekiston Prezidentining tegishli hujjati yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori mavjud bo'lgandagina tashkil etish mumkin.

Xalq talimi Vazirining Huquqiy-nazorat xizmati aralashuvidan so'ng Jizzax viloyati hokimining 2018 yil 2 noyabrdagi "So'g'diyona" professional futbol klubining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to'g'risida"gi 360-f sonli farmoyishi 2018 yil 10 noyabrdagi 369-f sonli farmoyish bilan bekor qilinishi taminlandi.

Hozirda "So'g'diyona" futbol klubi hisob raqamiga noqonuniy o'tkazilgan pul mablag'larini qaytarish choralari ko'rilmoqda.

Xalq talimi vazirligi
Axborot xizmati

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика