Xojson: "Keyn debyut o'yinida gol kiritishga haqli edi"
28 mar 2015 19:34
Yangiliklar


Xojson: "Keyn debyut o'yinida gol kiritishga haqli edi"
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson Litvaga qarshi o'yinda gol muallifiga aylangan Garri Keyn haqida gapirib o'tdi.
"Keyn uchun juda xursandmiz. Bu haqiqiy ertak. Ertaklar haqiqatga aylanishi juda yoqimli. U mavsumni ajoyib o'tkazmoqda. U haqli ravishda debyutini gol bilan nishonladi", - deydi murabbiy.

Fikrlar