So’nggi yangiliklar

15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  6 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1

Xose Venansio Lopes: "Dastlabki maqsadimiz – guruhdan chiqish. Guruhdagi raqiblarimizning darajasi teng" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes: "Dastlabki maqsadimiz – guruhdan chiqish. Guruhdagi raqiblarimizning darajasi teng"

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Samarqandda o'tkazilgan qura marosimidan so'ng qura natijalari haqida fikr bildirdi.

- Janob bosh murabbiy O'zbekiston terma jamoasining guruh bosqichdagi raqiblari haqida gapirib o'tsangiz?

- Mening fikrimcha guruhdagi raqiblarimizning darajasi bir-biriga teng. Masalan, Niderlandiya terma jamoasining futbolchilari individual taraflama juda kuchli. Paragvaylik futbolchilarning ko'pchiligini Ispaniya chempionatida to'p tepishadi, Italiya klublarida o'ynaydigan futbolchilar ham bor. Paragvay terma jamoasi etarlicha tajribaga ega. Kosta-Rika terma jamoasi tarkibini yaqinda yangiladi. Ular yosh futbolchilarga imkoniyat berishmoqda. Kosta-Rika terma jamoasi Konkafaf chempionatida yaxshi natijaga qayd eta olmadi,  ammo ular ham juda qiyin raqib bo'la olishadi.

- O'zbekiston terma jamoasi so'ngi Jahon chempionatida qayd etgan natijasini takrorlay yoki yaxshilay oladimi? Terma jamoamizning mundialdagi maqsadlari haqida gapirib o'tsangiz?

- Birinchi navbatda pley-off bosqichiga chiqib olishimiz kerak. Dastlabki maqsadimiz shu.

- Sizning fikringizcha Jahon chempionatida kimlar favorit?

- Braziliya, Ispaniya, Eron, Portugaliya, Argentina va Qozog'iston terma jamoalari eng kuchlilari deb o'ylayman. Biz sekin astalik bilan qadam tashlashimiz kerak. Guruhdan chiqib olganimizdan so'ng pley-offdagi raqiblarga qaraymiz.




Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика