Xose Mariya Mendez: "Muxlislar va xalqdan uzr so'rayman"
03 may 2017 12:20
Yangiliklar
Xose Mariya Mendez: "Muxlislar va xalqdan uzr so'rayman"
Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston hamda Turkmaniston milliy terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.
O'yin qo'shnilarimizning 6:5 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bahs yakuniga etgach, terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Mariya Pazos Mendezning fikrlari bilan qiziqdik.
"Bu o'yin haqida hech nima deya olmayman. Muxlislardan uzr so'ramoqchiman. Bu erda 3 yil ishladim, bugun men uchun eng yomon kun bo'ldi. Muxlislar va xalqdan uzr so'rayman. Birinchi bo'lim haqida nima deyishga hayronman. Juda va juda yomon o'ynadik.
Balki o'yinchilarda mavsum tugagach charchoq bo'lgandir. Agar futzalchilar bu o'yin kerak emas deyishganida o'rtoqlik uchrashuvini tashkil qilmasdik", - deb aytib o'tdi Mendez.
Fikrlar