So’nggi yangiliklar

13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  37 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7

Xorxe Fossati: "Qatarning Jahon chempionatiga chiqishiga ishonaman" Yangiliklar

Xorxe Fossati: "Qatarning Jahon chempionatiga chiqishiga ishonaman"

Teglar :  Xorxe FossatiQatar
Xorxe Fossati Qatar terma jamoasiga bosh murabbiyi etib tayinlanganidan keyin birinchi matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Qatar FA rasmiy sayti.

"Qatar terma jamoasi futbolchilariga ishonganim uchun bosh murabbiy bo'lishga rozilik berdim. Oxirgi ikki o'yinda qoniqarsiz natijalar qayd etildi. Biroq saralashda hamma narsa bo'lishi mumkin. Juda qiyin bo'lishini bilaman, biroq men optimistik ruhdaman. Qaytaraman, Qatarning imkoniyatlariga ishonaman. Milliy terma jamoaga qaytganimdan xursandman", - deydi Fossati.

Urugvaylik ushbu murabbiy 2007-2008 yillarda ham Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. Biroq sog'ligi bilan bog'liq muammolar tufayli ishdan ketgandi.

Fossati "Al Sadd" klubi bilan 2011 yil OCHL g'olibi bo'ldi va Qatar chempioniga aylandi. O'tgan yil "Ar Rayyan"da ish boshlagandi.



"Ar Rayyan" va uning muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Bu jamoa ham, "Al Sadd" ham yuragimda qoladi. Bu klublarda fantastik davrni boshdan kechirdim. Yangi mavsumda ikkala klubga ham omad tilayman", - deydi Fossati.

"Keyingi ikki o'yin qiyin va muhim ekanini bilaman. Masuliyatni o'z bo'ynimga oldimmi demak men Qatarning Jahon chempionatiga chiqishiga ishonaman. Biz buni amalga oshira olamiz. Juda va juda qiyin bo'lishini bilib turibman. Futbolchilar o'zlarini ko'rsatishlari uchun bor kuchimni ishga solaman", - deydi uruguvaylik murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Qatar guruhda dastlabki ikki turdan so'ng 0 ochko bilan oxirgi pog'onada bormoqda. Jamoa 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya, 11 oktyabr kuni Suriyaga qarshi o'ynaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика