So’nggi yangiliklar

14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  0 13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  3 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  1 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  1 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   3 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   7 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  5 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  13 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  4 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1

Xorxe Fossati: "Paxtakor" va "Al Ahli"da Messi yo'q" Yangiliklar

Xorxe Fossati: "Paxtakor" va "Al Ahli"da Messi yo'q"

OCHL-2019 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ahli" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Xorxe Fossati va futbolchi Muhammad Al Ovays ishtirok etishdi.

"Ertaga juda og'ir o'yin bo'lishini kutayapmiz. Sababi barchamizga malum "Paxtakor" juda kuchli jamoa. Ular yangi mavsumni yaxshi boshlay oldi. Raqibimiz ilk turda Tehronda durang o'ynashga erishdi. Ularga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi. "Paxtakor" kuchli jamoa.  Lekin "Al Ahli" kuchli. SHu bois ertangi uchrashuv nafaqat biz uchun, balki raqib uchun ham qiyin bo'lishiga amiinman", - deydi Xorxe Fossati. 


"Ertaga bizni muhim va masuliyatli o'yin kutib turibdi. Guruhdagi barcha klublar keyingi bosqichga chiqishga munosib. Biz yo'lning boshida turibmiz. Barcha jamoalarda imkoniyat teng. Raqibimiz kuchli bo'lsa ham oldimizga qo'yilgan vazifa, g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - deydi Muhammad Al Ovays. 


- "Paxtakor"ning qaysi futbolchisidan xavf kutayapsiz? 

- Har safar o'yinga tayyorgarlik ko'rish jarayonida butun jamoaga qarshi tayyorlanish muhim sanaladi. Qachondir "Barselona"ga qarshi o'ynasangiz, ularda barcha etiborni Messiga qaratsangiz bu xato bo'ladi. Sababi boshqa futbolchi etakchilikni qo'lga olishi mumkin. "Paxtakor"da esa barcha futbolchilar teng kuchli. Har bir futbolchini o'rgandik va tayyorgarlik ko'rdik. Yana bir narsani takidlash lozim, "Paxtakor" va "Al Ahli" safida Messi darajasidagi o'yinchi yo'q. 


- Jamoaga yaqinda keldingiz. Nimani o'zgartirishga urindingiz va nimani o'zgartira oldingiz. So'nggi yillarda jamoa etakchilari Al Soma, Taysir Al Jassim, Musaylim o'zgarishsiz o'ynab kelishmoqda. 

- "Al Ahli" bunga qadar ikkita musobaqada ishtirok etib kelayotgan edi: Milliy chempionat va mamlakat kubogi. Hozir esa biz uchta musobaqada ishtirok etayapmiz. Har 3-4 kunda o'yin o'tkazayapmiz. Ertaga mening qo'l ostimda 8-uchrashuvni o'tkazamiz. 30 kun ichida 8ta o'yin o'tkazdik. Bu har qanday jamoa uchun qiyinlik qiladi. O'zim istagan yangiliklarni sekin-asta kiritib boraman. Ammo bunday tig'iz grafikda o'zgarishlarni amalga oshirish qiyin. 


- Siz 2011 yil "Al Sadd" bosh murabbiyi sifatida OCHLda g'olib bo'lsangiz. So'nggi yillarda faqat SHarqiy Osiyo klublari sovrinni bermay kelishmoqda. Arab klubi bilan qanday bu natijaga erishgansiz? Buning siri nimada? 

- Zamonaviy futbolda katta sirlar yo'q. Barcha ham o'yinga tayyorgarlik ko'rish jarayonida raqibni o'rganiladi. 2011 yilda ham bazida yutdik, bazida yutqazdik. Yakunda chempion bo'lgandik. Jamoada yaxshi futbolchilar yig'ilgan edi. Endi "Al Ahli" bilan ham bu musobaqada chempion bo'lishga urinamiz. 


- Ertangi bahsda "Al Ahli"ni qo'llash uchun muxlislar keladi deb o'ylaysizmi? 

Muhammad Al Ovays: - Biz Toshkentda o'ynaymiz. Ertaga bizni qo'llash uchun stadionga kela olishmaydi. Ammo ularning daldasini his qilib turamiz. 


Narzulla Saydullaev


Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика