So’nggi yangiliklar

11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  2 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  10 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  12 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  2 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  1 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3

Xorxe Fossati: "O'zbekistonni tabriklayman, lekin hakamlikka etirozim bor" Yangiliklar

Xorxe Fossati: "O'zbekistonni tabriklayman, lekin hakamlikka etirozim bor"

Teglar :  Xorxe FossatiQatar
O'zbekiston - Qatar uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida qatarliklar ustozi Xorxe Fossati o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin kutganimizdek qiyin kechdi, to'p nazoratini olishga harakat qildik, ammo ustunlikni natijada aks ettira olmadik. Ikkinchi taym ham shunday davom etdi. Futbolchilarning asabiylashuvi... Bosh murabbiy o'yinchilarga qandaydir "dori" berdi va barchasi ortda qoldi. Uchrashuv sokin davom etdi.

O'yin haqidagi fikrlarimni davom ettiradigan bo'lsam, o'yin qoidasi buzilgan vaziyatda hakam vaziyatni to'la ko'rmay turib qaror chiqardi. Golga etirozim yo'q, shunchaki hakam o'sha qoida buzilgan vaziyatni ko'rmagandi. Biz o'yindan tashqari holatdan gol urdik, bungayam etirozim yo'q. Bundan tashqari bir marta darvoza to'siniga tegdi. O'zbekiston terma jamoasini tabriklayman. Bitta vaziyat emas, umuman uchrashuv davomida hakamlar juda ham ko'p xato qilishdi. Boshida penalti so'ragan vaziyatda shogirdimda simulyaciya qilish uchun sharoit yo'q edi. Ikkinchisi qo'l bilan o'ynalgan vaziyat.

Qatar terma jamoasi o'yinidan faxralanman. Biz saralash bahslaridan chiqib ketdik. Boshimizni baland ko'tarib chiqib ketdik. G'alabaga O'zbekiston haqli ravishda erishdi, ammo hakamlikka etirozim bor. Toshkentda Qatar faqat mag'lub bo'lgani haqida kecha gap bo'lgandi, demak statistika davom etadi.

Uchinchi futbolchimizni majburan almashtirdik. Futbolchining oyog'i jiddiy jarohat olgandi. Uni rasmga ham oldik", - deydi Fossatti.

- O'zingiz aytdingiz Qatar bu saralash bahslaridan chiqib ketdi. 2022 yilgi mundial Qatarda o'tadi. Endi rejalaringiz qanday, bu saralash bahslarida yoshlarni tushirasizmi?
- Uch-to'rt nafar futbolchining yoshiga qaramayman, ular bemalol 2022 yilgi mundialda ishtirok eta olishadi. Qatar o'z uyidagi Jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko'rishini Qatar Futbol Associaciyasi o'ylashi kerak.


Narzulla Saydullaev
Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика