Gari Lineker: "Reshford barchasini uddalaydi"
24 iyu 2025 08:13
Yangiliklar
Gari Lineker: "Reshford barchasini uddalaydi"
"U barchasini uddalaydi. Bu Markus uchun ham katta chaqiruv. Ha, jamoa tarkibida bir qancha kuchli futbolchilar bor, biroq yil davomida o'yinlar juda ko'p.
Hujumkor uchlikda Rafinya, Levandovski va Yamal bor. Ularning barchasi hamma o'yinlarda bemalol o'ynay olishadi. 36 yoshda bo'lsa ham Levandovski o'zining yuqori jismoniy holatida. "Barselona" yaxshi transferni amalga oshirdi, Markus ham hozir juda zo'r o'yin ko'rsatmoqda.
"Manchester Yunayted"dan ketgan futbolchilar bilan nimalar bo'layotganini ko'ring: ular yangi jamoasida o'zini ko'rsatmoqda, MYUda esa qiynalayotgandi. Demak, "Manchester Yunayted"da nimadir noto'g'ri ketmoqda.
Uning "Aston Villa"da zo'r o'yin ko'rsatganini ko'rdik. Markus shunday o'yinini "Barselona"da ham ko'rsatishiga ishonaman", - dedi Angliya termasining sobiq futbolchisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar