Xorvatiya U-17 bosh murabbiyi: "O'zbekiston kuchli jamoa. Buni qo'rqqanimdan emas, hurmat yuzasidan aytyapman"
15 noy 16:21
Yangiliklar
Xorvatiya U-17 bosh murabbiyi: "O'zbekiston kuchli jamoa. Buni qo'rqqanimdan emas, hurmat yuzasidan aytyapman"
"Quradan keyingi aytgan gapimda turaman. O'zbekiston katta nom bo'lmasligi mumkin, lekin ular juda kuchli jamoa, u erda futbol rivojlanib bormoqda. Ularning milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi, U-17 jamoasi esa amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi. Ikki yil oldin ular chorak finalga chiqishgan, Angliyani mag'lub etishgan va faqat bo'lajak finalchi Franciyaga yutqazishgan. Ular chindan ham juda kuchli jamoa. Buni nima uchun aytayapman? Qo'rqqanimdan emas, balki ularga bo'lgan hurmat yuzasidan aytyapman. Biroq bizning o'z o'yin uslubimiz bor. Ularga qarshi tayyorgarlik ko'rdik. Biz ularga qarshi yaxshi tayyorlandik – ular juda to'g'ri va vertikal o'ynaydigan jamoa.
O'zbekistonda osiyoliklar, xususan, yaponlar yoki koreyslarga xos chaqqonlik va tezkorlik borligini aytgan bo'lardim, shu bilan birga slavyancha ijodkorlik ham seziladi. Biz bu kunlarda juda jiddiy tayyorgarlik ko'rdik, ularning o'yinini to'xtatish yo'llarini ham ko'rib chiqdik. O'ylaymanki, yigitlar barcha scenariylarga tayyor bo'ladi. Muhimi – o'z o'yinimizni ko'rsatish va guruh bosqichida ko'rsatgan futbolni takrorlash. Qo'limizdan kelganini qilamiz va umid qilamanki, oxirida xursand bo'lamiz", – dedi 45 yoshli mutaxassis.
Avvalroq murabbiy hech qanday raqibdan qo'rqmasligini takidlagandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Xorvatiya o'rtasidagi bellashuv 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar