So’nggi yangiliklar

14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  6 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  14 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6

Xorvatiya terma jamoasi mashg'ulot o'tadigan maydonga sayohat va stadion bosh menejerining fikrlari (KUNDALIK) Yangiliklar

Xorvatiya terma jamoasi mashg'ulot o'tadigan maydonga sayohat va stadion bosh menejerining fikrlari (KUNDALIK)

"Bunyodkor" o'rinbosarlari bilan Xorvatiyadagi yig'inning ikkinchi kuni. Bugun o'rtoqlik uchrashuvi bor.

Kecha tushdan so'ng yosh "qaldirg'ochlar" Abduhamid Qodirov boshchiligida maydonda mashg'ulot olib bordi. To'p bilan kechgan mashqlarda futbolchilar astoydil ter to'kgani ko'rinib turibdi. Ularga ortiqcha xalaqit qilmaslik maqsadida stadion, uning atrofi bilan tanishish, malumotlar olish istagi tug'ildi. Dastlab mashg'ulotlardan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 





Bu Xorvatiya uchinchi ligasi vakili hisoblangan FK "Polet" jamoasining uy maydoni. Arena 3ta tabiiy, 1ta suniy maydonni  o'z ichiga oladi. 3ta kiyinish xonasi, fitness zal ham jamoa ixtiyorida. Maydon sifati chakki emas. Balki suratda hozir boshqacha ko'rinayotgan bo'lishi mumkindir. 


1 000 nafar tomoshabinga mo'ljallangan tribuna.



Suniy qoplamali maydon


"Polet" stadiondagi kichik muzeydan suratlar. Ushbu klub 1965 yilda tashkil topgan. 


 Turli yosh toifasidagi jamoalarning mashg'ulot anjomlari mana shunday tartibda saqlanadi.

 

Fikrimcha, bu joy media jurnalistlariga ishlash uchun juda qulay hisoblanadi. 


Mazkur arena bosh menejeri Yojef Kirich saytimizga maxsus kichik intervyu berdi. 

"Sizlarni ko'rib turganimizdan xursandman. O'zingiz ham guvohi bo'ldingiz, bu erda bir nechta maydonlarimiz bor. Ularni doimiy ravishda tartib asosida parvarishlaymiz. Maysa qancha o'sganiga, havo haroratiga qarab alohida mashinada o'rib chiqamiz. Bu borada ko'p yillik tajribam bor. Yana bir siri shuki, bu erda suv nihoyatda toza. SHuning hisobiga 4 faslda ham barqaror ushlab turish mumkin. Suv ko'p narsani hal qilib beradi. 

Mazkur majmuadan Xorvatiya terma jamoasi mashg'ulot sifatida foydalanadi. Klublardan esa BAAning "Al Ayn", Quvaytning "Al Qodisiya" kabi jamoalar ko'p tashrif buyuradi. Bir kunda 2ta yoki 3ta jamoaga ruxsat beriladi. Deylik bugun 2ta mashg'ulot o'tildimi, ertaga 3ta jamoa shug'ullanadi. Har bir narsa aniq reja asosida ishlaydi",- deydi men bilan suhbatda bo'lgan Yojef Kirich


Yojef Kirich o'rtada


Darvoqe, "Bunyodkor" o'rinbosarlari bugun yig'in doirasidagi birinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqadi. Xorvatiya uchinchi ligasi ishtirokchisi "Medimurje" bilan o'yin Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi. Mazkur o'yin tafsilotlari, intervyular kundalikning keyingi sonlarida



O'zbekiston? "Yalla" guruhining "Uchquduq" qo'shig'ini yaxshi ko'ramiz, futbolchilardan SHomurodovni taniyman. "Bunyodkor" o'rinbosarlari Xorvatiyada (KUNDALIK)

"Bunyodkor" U-21 Xorvatiyada. Kunning birinchi yarmidagi voqealar va o'rtoqlik uchrashuvidagi raqiblar haqida (KUNDALIK)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика