So’nggi yangiliklar

10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  1 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  12 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  3 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  16 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  117 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  2 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0

Xorvatiya yirik hisobda Kamerunni taslim etdi Yangiliklar

Xorvatiya yirik hisobda Kamerunni taslim etdi

Jahon chempionati guruh bosqichi hal qiluvchi pallalari yaqinlashib qoldi. "A" guruhida esa vaziyat tobora oydinlashib bormoqda.

"Amazoniya - Arena" stadionida Kamerun va Xorvatiya jamoalari o'zaro orani ochiq qilishga kirishishdi.

Dastlabki daqiqalardanoq faollik ko'rsatgan Kamerun terma jamoasi uchrashuv debyutida o'z maqsadlariga eta olishmadi. Mukenjaning bir qator urinishlari Kamerun uchun muvaffaqiyatli yakunlanmadi. Keyinchalik Xorvatiya ham o'z omadini raqib jarima maydonchasi oldidan qidira boshladi. 


Uchrashuvning 11-daqiqasida Xorvatiya hujum tashkil etdi.

Ivan Perishichning o'ng qanotdan etkazib bergan to'piga Ivica Olich tayyor turgan edi va to'pni deyarli bo'sh qolgan darvozagi joylab qo'ydi, 0:1.

Kamerun terma jamoasi faollikni tushirmay harakatlarini davom ettiraverdi, lekin ularning hujumlarida aniqlik etishmayotgan edi.

Birinchi bo'lim yakuniga etay deb qolganida Kamerun futbolchis Song Manjukichni ochiqchasiga "urayotganini"  uchrashuv bosh hakami Pedro Proensa ko'rib qoldi va tezda Songni maydondan chetlatdi. Umuman keraksiz joyda qizil ishlab olgan Song jamoasini qiyin vaziyatga tushirib ketdi. 


Ikkinchi bo'limni Xorvatiya terma jamoasi faollik bilan boshladi va tezda ikkinchi golni kiritishdi. Maydon markazidan to'pni olib qo'ygan Perishich, bir o'zi raqib jarima maydonchasi oldigacha keldi va Itanje qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etdi, 0:2.

Kamerun ikkinchi bo'limda Xorvatiya bilan teng kurasha olmadi va ko'p bora raqib hujumlarini o'tkazib yuboraverdi.

73-daqiqada burchak to'pidan so'ng, Mario Manjukich boshi bilan darvozani ishg'ol etdi va hisobni yiriklashtirdi, 0:3.

Oradan ko'p o'tmay, Mario Manjukich o'z dublini nishonlashga erishdi. Eduardoning darvozaga yo'llagan zarbasini Itanje qaytarib yubordi va qaytgan to'pni Mario Manjukich qiyinchiliksiz darvoza joylab qo'ydi, 0:4.


Xorvatiya Kamerun ustidan yirik g'alabani tantana qildi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

Endi Niko Kovach jamoasi uchinchi turda Meksika bilan keyingi bosqich yo'llanmasi uchun bellashishadi.


JCH-2014. "A" guruhi, 2-tur.

Kamerun - Xorvatiya 0:4
19 iyun. 03:00
Bosh hakam:
Pedro Proensa (Portugaliya)
Yordamchi hakamlar: Bertino Miranda (Portugaliya), Xose Trigo (Portugaliya)
Zaxira hakami: Uolter Lopez (Guatemala)

Gollar
: Olich (11), Perishich (48), Manjukich (62, 73)

Kamerun: Itanje, Assu-Ekoto, Nkolou, Song, Mukanjo, Abubakar (Vebo, 70), CHupo-Moting (Salli, 75), CHejou (Noenku, 46), Mbia, Enox, Matip.

Xorvatiya: Pletikosa, Pranich, Perishich (Rebich, 78), CHorluka, Rakitich, Lovren, Modrich, Srna, Manjukich, Olich (Eduardo, 69), Samir (Kovachich, 72).

Ogohlantirish
: Eduardo (90)

CHetlatish
: Song (40).


SHahboz Beg'amov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика