Xorvatiya bilan JCH-1998 bronza medalini qo'lga kiritgan murabbiy Miroslav Blazevich vafot etdi
08 fev 2023 22:07
Yangiliklar
Xorvatiya bilan JCH-1998 bronza medalini qo'lga kiritgan murabbiy Miroslav Blazevich vafot etdi
Futbol murabbiyi Miroslav Blazevich vafot etdi.
Mutaxassis 88 yoshga to'lishiga ikki kun qolganida olamdan o'tdi. U 2011 yildan beri prostata bezi saratoni bilan kurashib kelayotgandi.
Blazevich Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyati bilan mashhur. U 1994 yildan 2000 yilgacha jamoani boshqargan va 1998 yil jahon chempionati bronza medalini qo'lga kiritgan.
Murabbiy SHveycariya, Eron, Bosniya va Gercegovina terma jamoalarida ham ishlagan, “Sion”, PAOK, “Nant”, “Dinamo Zagreb”, “Xayduk” kabi klublarni boshqargan. U 2 karra Xorvatiya chempioni, mamlakat kubogi va superkubogi g'olibi, shuningdek, SHveycariya kubogi sohibi va Yugoslaviya chempioni sanaladi.
O’xshash yangiliklar
17:28
Dario Marinovich: "Argentina Braziliyadan kuchsiz, sababi ulardagi o'yinchilar darajasi pastroq" 0
Fikrlar