Xorvatiya terma jamoasining sobiq futbolchisi YTHda halok bo'ldi
21 apr 2025 13:14
Yangiliklar
Xorvatiya terma jamoasining sobiq futbolchisi YTHda halok bo'ldi
Pokrivach Xorvatiyaning to'rtinchi divizioni klubi "Voynich '95"da o'ynab kelayotgandi. Faoliyati davomida u Xorvatiya terma jamoasi safida 15 ta o'yin o'tkazgan, jumladan, 2008 yilgi Evropa chempionatida ham Polshaga qarshi g'alabali o'yinda ishtirok etgan.
2014 yilda yarim himoyachi Qarag'andaning "Shaxtyor" futbolchisiga aylangan, bir yildan so'ng esa Qozog'iston chempionatini tark etgan. Pokrivach faoliyati mobaynida "Varteks", "Dinamo" Zagreb, "Monako", "Zalcburg", "Inter" Zapreshich, "Rieka", Makaabi Petax-Tikva" va "Slaven Belupo" klublari sharafini himoya qilgan.

"Bu dahshatli va nihoyatda qayg'uli yangilik. Biz kasallikni engib, futbol bilan yashashni davom ettirgan yosh yigit, haqiqiy jangchini yo'qotdik. Xorvatiya futbol ittifoqi nomidan uning oila azolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman", – dedi XFI prezidenti Mariyan Kustich.
2015 yilda futbolchiga og'ir kasallik tashxisi qo'yilgan va shu sababli professional faoliyatini yakunlagan. Biroq keyinchalik u quyi ligada o'ynay boshlagan va o'zining futbolga sodiqligini ko'rsatgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar