

Bu haqda jamoa matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi. Futbolchi seshanba kuni "Bedford Taun"ga qarshi o'yindan so'ng uyiga qaytayotganda YTHga uchragan.
"Itan asosiy jamoamizning g'oyat istedodli va hurmatga sazovor a'zosi bo'lib, uning butun umri oldinda edi. U kim bilan muloqot qilmasin, barchasini o'ziga rom etardi. Itan bizni maydon ichida ham, tashqarisida ham yaxshiroq bo'lishga undardi, o'z ishiga butunlay berilib ketardi. Uning kasbiy mahorati va mustahkam mehnat axloqi hammani ilhomlantirar, hayotsevarlik tuyg'usi esa eng qora kunlarda ham yuzimizga tabassum keltirardi.
Itan qalbimiz va xotiramizda mangu qoladi, kelajakda bizni nima kutayotgan bo'lmasin, uning barchamizni maftun etgan betakror tabassumi hech qachon unutilmaydi. Ushbu og'ir damlarda Itanning oila a'zolari va do'stlariga chuqur hamdardlik bildiramiz hamda yordamga muhtoj bo'lganlarga qo'limizdan kelgan barcha ko'makni ko'rsatishimizni takidlaymiz," - deyiladi klub bayonotida.
