So’nggi yangiliklar

02:05"Барселона" "Реал" дарвозасига 5та гол уриб Испания Суперкубогини қўлга киритди  301 01:15Фарҳод Нишонов: "Абдуқодир Ҳусанов ва Файзуллаевлар туфайли бизни барча агентлар кузатиб бормоқда. Улар янги Ҳусановни қидиришмоқда"  0 00:56"Рома" "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 00:32"Ливерпуль" ва "Ньюкасл" Ла Лигадаги ҳимоячига кўз тикмоқда  0 00:10"Наполи" — "Верона". Таркиблар маълум  0 00:02ПСЖ — "Сент-Этьен". Барколя ва Дембеле асосий таркибда  0 00:00А Серия. Довбикнинг 90+8 дақиқада пенальтидан урган голи "Рома"ни "Болонья"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди, Шомуродов захирада қолдирилди  11 23:36Англия кубоги. "Саутгемптон", "Кристал Пэлас", "Ипсвич" ва "Ньюкасл" қуйи лига жамоаларини мағлуб этди  2 23:14U-20 Осиё кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Тошкентдаги машғулотларидан суратлар  1 22:54"Манчестер Юнайтед" 10 киши бўлиб "Эмирейтс"да "Арсенал"ни Англия кубогидан чиқариб юборди  75 22:49"Реал" — "Барселона". "Эл класико" учун таркиблар маълум  38 22:42Расман: "Пахтакор" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  17 22:15Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Осасуна"дан устун келиб, 1-ўринга қайтди. Мадридликлар барча мусобақаларда кетма-кет 14-бор ғалаба қозонишди  25 21:37Нойер "Бавария"да қоладими?  0 21:15А Серия. Дармианнинг голи "Интер"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  2

⚡️ "Xorijdagi o'zbegim". O'zbekiston MTJ yig'iniga jalb etilgan legionerlarimiz statistikasi. Yana kimlar chaqiruv olishga loyiq edi? Yangiliklar

⚡️ "Xorijdagi o'zbegim". O'zbekiston MTJ yig'iniga jalb etilgan legionerlarimiz statistikasi. Yana kimlar chaqiruv olishga loyiq edi?

O'zbekiston MTJning Kamerun va Kosta-Rikaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun futbolchilar qaydnomasi elon qilingandi.

Srechko Katanec Kamerun va Kosta-Rikaga qarshi o'yinlar uchun yakuniy tarkibni elon qildi

23 nafar o'yinchi orasida 7 nafar legioner borligini ko'rish mumkin. “Xorijdagi o'zbegim” ilk bor matnli variantda ularning statistikasini etiboringizga xavola qiladi.

HIMOYACHILAR

Ibrohimhalil Yo'ldoshev

“Pari NN” safida joriy mavsumni ancha yaxshi o'tkazmoqda. Ushbu mavsum RPLda 10 ta bahsda qatnashib, 2 ta gol urdi va bitta pasni o'z hisobiga yozdirdi. SHuningdek, 2 bor sariq kartochka oldi. Hozirda Rossiya chempionatidagi eng yaxshi fulbeklardan biri bo'lib turibdi.

21 yoshli futbolchi maydonda 552 daqiqa harakat qilib, 21 bor raqiblardan to'pni olib qo'ygan, 5 ta fol ishlatgan va 6 marta darvoza tomon zarba yo'llagan (RPL rasmiy sayti).

O'zbekiston MTJda esa Ibrohimhalil 12 ta uchrashuvda qatnashishga ulgurdi va Malayziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida gol urgandi. O'shanda 5:1 hisobda vakillarimiz g'alaba qozongan.

Darvoqe, nijniy novgorodliklar Rossiya chempionati 10 turidan keyin 12 ochko bilan turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

YARIM HIMOYACHILAR

Otabek SHukurov

Turkiya Superligasi 7-turida “Karagyumruk” safarda kuchli uchlikda borayotgan “Istanbul Bashakshexir” bilan durang o'ynadi va bahs hisob ochilmadi. Otabek SHukurov o'yinning 66-daqiqasida sariq oldi va 90+5-daqiqada yana sariq olib, maydondan chetlatildi.

Adashmasam, bu SHukurov uchun faoliyatidagi 2-qizil kartochka bo'ldi. U bir necha yil oldin “Bunyodkor” safida ham maydondan chetilatilgandi.

Umuman 26 yoshli xavbek Andrea Pirloning ishongan futbolchilaridan biri bo'lib turibdi. U Turkiya chempionatida hozirgacha 6 bahsda qatnashdi

Fotihliklar ayni vaqt turnir jadvalida 6 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda va ular hisobida bitta zaxira o'yini ham bor.

Otabek O'zbekiston MTJ safida 46 ta bahsda qatnashib, 3 ta gol urishga erishgan. O'z gollarini Saudiya Arabistoni – 2:3 (JCH-2022 saralashi). Xitoy – 2:0 (JCH-2018 saralashi) hamda Senegal – 1:1 (o'rtoqlik) darvozasiga urgan.

Oston O'runov

Oston klub miqyosida 28 maydan beri maydonga chiqmagandi. Va “Ural”ga o'tganidan so'ng, sentyabr oyida 2 ta uchrashuvda qatnashib, ularda zaxiradan o'yinga qo'shildi. RPL 10-turi doirasidagi “Ahmat” (2:1) bilan o'yinda zaxirada qoldirildi. “Ural” hozirda chempionatda 4 ochko bilan 15-o'rinda turibdi

O'zbekiston MTJdagi ishtirokiga to'xtalsak, O'runov 7 uchrashuvda bitta gol urishga erishgan. Yagona aniq zarbasi Osiyo kubogi-2023 saralashi doirasida joriy yil Maldiv orollariga (4:0) qarshi uchrashuvda qayd etilgandi.

SHahboz Umarov

Umarov “Ordabasi”da BATEdagidek sermahsul harakat qila olmayapti. U hozirgacha shimkentliklar safida 10 ta uchrashuvda qatnashib, bitta sariq oldi.

“Ordabasi” kubokda yarim finalga chiqqan va 19 oktyabrda “Astana”ga qarshi to'qnash keladi. Jamoa Qozog'iston chempionati 20 turidan keyin 29 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.

23 yoshli Umarov milliy terma libosida 3 ta uchrashuvda qatnashgan va barchasi o'rtoqlik o'yinlariga to'g'ri keladi - O'zbekiston 3:0 Janubiy Sudan, Iordaniya 3:0 O'zbekiston, O'zbekiston 5:1 Malayziya.

Xojimat Erkinov

Erkinov “Torpedo” safida deyarli barcha uchrashuvlarda maydonga chiqmoqda. U moskvaliklar tarkibida 10 ta uchrashuvda qatnashib, uchta sariq oldi. U RPL 10-turi doirasidagi CSKAga qarshi bahsni to'liq o'tkazdi va unda jamoadoshlari 1:0 hisobida zafar quchib, mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Jamoa hozirda turnir jadvalida 4 ochko bilan autsayder bo'lib turibdi.

21 yoshli futbolchimiz musobaqa joriy mavsumida 29 bor raqiblardan to'pni olib qo'ygan, 6 bor darvoza tomon zarba yo'llagan va ikki marta qo'pollik ishlatgan (RPL rasmiy sayti).

Xojimat hozirgacha O'zbekiston MTJ safida 11 uchrashuv o'tkazgan. Ularning faqat bittasi rasmiy o'yinga to'g'ri keladi – JCH-2022 saralashi Singapur 5:0.

HUJUMCHILAR

Eldor SHomurodov

Asosiy futbolchimiz joriy mavsum “Roma” safida atigi 50 daqiqani maydonda o'tkazdi. Eldor Evropa Ligasi doirasida “Ludogerec” bilan uchrashuvda gol urgandi. O'tgan kuni bo'lib o'tgan “Atalanta”ga (0:1) qarshi bahsda esa 79-daqiqada Temmi Abraham o'rniga maydonga chiqib, 3 ta qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Birida o'zining raqobatchilaridan biri Andea Belottiga gol urish uchun imkon hosil qilib bergandi.

27 yoshli forvardimiz maydonga tushgan o'yinlarning barchasida rimliklar mag'lub bo'ldi: “Udineze” 0:4, “Ludogorec” 1:2, “Atalanta” 0:1. “Bo'rilar” hozirda 13 ochko bilan A Seriyada kuchli oltilikda bormoqda. Peshqadam “Napoli”da 17 ochko

Eldor O'zbekiston MTJda 57 o'yinda ishtirok etib, 31 ta to'p kiritishga ulgurgan. U milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida Aleksandr Geynrih hamda Mirjalol Qosimov bilan tenglashib olgan. Rekordchi Maksim SHackixda esa 34 ta to'p mavjud.

Igor Sergeev

“Tobol” Qozog'iston chempionati 20-turining markaziy bahsida “Astana”ni safarda 2:1 hisobida engib, ochkolari sonini 35 taga etkazib olgan holda 3-o'rnini mustahkamladi. Ular mag'lub etgan jamoa 37 ochko bilan 2-o'rinda, peshqadam “Aktobe”da esa 42 ochko mavjud.

29 yoshli Igor joriy musobaqada 20-uchrashuvini o'tkazib, 8 ta gol urgan. U to'purarlar ro'yxatida 4-o'rinda bormoqda. Peshqadam Pedru Eujeniu hisobida 12 ta to'p mavjud.

SHuningdek, Igor Qozog'iston Superkubogi (“Qayrat Almati” 2:1)da qatnashib, mamlakat kubogida 2 o'yinda 2 ta gol urdi. Hamda ECHL va Konferenciyalar ligasi saralashida 4 uchrashuvda qatnashib, bitta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Igor O'zbekiston MTJ yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ichida milliy terma libosida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan o'yinchi bo'lib turibdi. U 62 bahsda 17 ta to'p kiritgan.

Malumot o'rnida, Sergeev oxirgi marta milliy termadagi rasmiy o'yinda 2019 yil oktyabr oyida JCH-2022 saralashida doirasida Toshkentda o'tgan Yamanga qarshi uchrashuvda gol urgan ekan.

U Kamerun va Kosta Rika bilan uchrashuvlarda maydonga chiqsa, milliy jamoa gvardiyachilari ro'yxatida Asror Aliqulov, Nikolay SHirshov (63 tadan o'yin) hamda Andrey Fyodorov (64) bilan tenglashib olish imkoniyati bor.

LOYIQ BO'LGANLAR

Bobir Abdixoliqov

Belarusda porlayotgan hamyurtimizning termadan chaqiruv olmagani biroz ajablantiradi. 25 yoshli forvard chempionatda maksimal natija ko'rsatmoqda. 21 o'yinda 20 ta gol urdi. SHuningdek, uning hisobida 6 ta pas bor va eng yaxshi assistentlar ro'yxatida 2-bo'lib turibdi. “Minsk” azosi Anton SHramchenko 9 ta pas bilan peshqadam.

“Energetik-BGU” 44 ochko bilan turnir jadvalida etakchi. Mazkur birinchilikda chempion ECHL saralashida qatnashadi.

Abdixoliqov gol+pas sistemasi bo'yicha ham ancha oldinlab ketgan - 26 ochko. Eng yaqin taqibchisi Vladimir Xvashhinskiyda 14 ochko (12+2) mavjud.

25 yoshli o'zbekistonlik chempionat bir mavsumi davomida gol urish bo'yicha 6-o'rindagi Pyotr Kachuro bilan tenglashib olgan. U joriy mavsum kubokda ham bitta uchrashuvda ishtirok etib, gol urishga erishdi

Bobir terma libosida uchta bahsda qatnashgan va barchasi o'rtoqlik o'yinlari bo'lgan – Suriya 0:1, Belarus 0:1, Urugvay 0:3.

Bevosita, Belarus chempionatining UEFAdagi mavqeyiga etibor qaratsak, musobaqa reytingda 55 mamlakat ichida 38-o'rinda turibdi. Ulardan pastroqda Bosniya, Armaniston, Gruziya, Uels chempionatlari bor. Biroz yuqoriroqda esa Qozog'iston, Polsha chempionatlarini ko'rish mumkin.

Azizjon G'aniev

Osiyo chempionlar Ligasi bu mavsum guruh bosqichining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan G'aniev ham termadan chaqiruv olmadi. 

24 yoshli xavbek “SHabab Al Ahli” safida BAA chempionati startidan o'rin olgan 3 bahsning barchasida qatnashdi. Dubayliklar ilk turda “SHarja”ga 0:2 hisobida yutqazdi va keyingi o'yinlarda “Al Fujayra” hamda “Al Vahda”ni 2:1 natijalari bilan engishga erishdi. Jamoa hozirda turnir jadvalida 6 ochko bilan kuchli to'rtlikda bormoqda.

Aziz OCHLda 5 o'yinda uchta gol urdi va jamoasining keyingi bosqichga chiqishi uchun hissa qo'shdi.

Qizig'i, G'aniev ham O'zbekiston MTJ safida birorta ham rasmiy uchrashuvda qatnashmagan va 11 ta o'yin o'rtoqlik bahslariga to'g'ri keladi. Oxirgi marta 2022 yil 27 yanvarda Janubiy Sudan (3:0) bilan uchrashuvda ishtirok etgan.

P.S.: “Al Nassr”dagi Jaloliddin Masharipov esa jarohati tufayli terma yig'iniga jalb etilmadi.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика