So’nggi yangiliklar

20:00Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" - "Хоразм" (онлайн ҳисоб)  1 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  1 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  5 18:59"Арсенал" Габриэл билан янги шартнома имзолайди  0 18:36Адейеми "Ювентус" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди   1 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Японияга етиб борди  1 17:29Расман: "Севилья" "Интер" ярим ҳимоячиси трансферини эълон қилди  1 17:06"Агар Мудрикни 100 млн еврога сотиб олишган бўлса, Глушенковнинг нархи 200 млн"  0 16:30"Зенит" "Марсель" футболчисига 10 млн евро маош таклиф қилган, лекин...  1 16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  6 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  6 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  5 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1

Xorij sayti yana O'zbekiston haqida maqola yozdi Yangiliklar

Xorij sayti yana O'zbekiston haqida maqola yozdi

Teglar :  OFK Kongress
Xabaringiz bor, 31 oktyabr kuni OFK shtab-kvartirasida tashkilotning 28-kongressi bo'lib o'tdi.

Malumki, Kongress davomida OFK nizomiga o'zgartirish kiritish masalasi alohida ko'rib chiqildi. Yani, qabul qilingan yangi Nizomga ko'ra, endilikda OFK prezidenti bo'lish uchun davogar shaxs OFKga azo istalgan uchta tashkilot nomidan ovoz yig'ib prezidentlikka o'z nomzodini qo'yishi mumkin.

Kongress paytida Nizomga shu bo'yicha o'zgartirish kiritish ovozga qo'yilganida OFKga azo 46ta davlatdan 42tasi "Ha" degan bo'lsa, faqat to'rtta davlat "Yo'q" degan javobni ko'tardi. Qizig'i shundaki, "Yo'q" deganlar orasida O'zbekiston ham bor. Qolgan uchta davlat esa BAA, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni.

Kongress nihoyasiga etgach, insideworldfootball.com sayti O'zbekiston "Yo'q" degan ovozni ko'targani haqida maqola chiqargandi. Kecha sayt jurnalisti Pol Nikolson yana maqola yozdi va o'z maqolasiga "O'zbekistonning reformaga rozi emasligiga nima sabab bo'ldi?" deb sarlavha qo'ydi.

Maqolada shunday deyiladi: "Bu oy OFK oilasi uchun juda muhim palla bo'lishi mumkin. CHunki kechagina o'tkazilgan OFK kongressida O'zbekiston OFK Nizomiga o'zgartirish kiritish bo'yicha qarshi chiqqan to'rtta davlatdan biri bo'ldi. O'zbekistondan tashqari Saudiya Arabistoni, BAA va Janubiy Koreya ham "Yo'q" degan javobni ko'tarishdi. Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreyani tushunsa bo'ladi, chunki bu davlatlardan OFK prezidentligiga nomzod bor".

"SHu bois bu davlatlar o'rtaga tashlangan taklifni qo'llab-quvvatlamagani tushunarli hol. Ular bu bilan amaldagi prezident SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa va uning tamoyillariga qarshi ekanliklarini bildirib qo'yishdi. Lekin bundan keyin prezidentlikka o'z nomzodini qo'ygan shaxsga nisbatan o'zi faoliyat yuritayotgan federaciya qo'llab-quvvatlashi majburiyati yuklanmaydi".

"Ammo nima sababdan O'zbekistonning "Yo'q" degani hamon tushunarsiz qolyapti va bu holat sentyabr oyida Toshkentda tashkil etilgan OFK Ijroqo'm yig'ilishida qatnashganlarni juda hayron qoldirdi. Toshkentdagi yig'ilish paytida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (MOQ) prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov birinchilardan bo'lib keyingi saylovda SHayx Salmonni qo'llab-quvvatlashini malum qilgandi. SHuningdek, OFK Ijroqo'm yig'ilishi ilk bor Toshkentda o'tkazilishi O'zbekistonning oxirgi yillarda Osiyo futboliga ko'rsatgan tasiri natijasi o'laroq baholangandi". 

"Endi O'FA o'z yo'lidan og'di deyish mumkinmi? Kim nega bunday qildi va nima uchun? Yana besh yarim oydan so'ng OFK prezidentligi uchun saylov o'tkaziladi. Bunga ham kam vaqt qoldi deyishimiz mumkin, biroq bu OFK futbol siyosati uchun uzoq davrdek ko'rinadi". 

Xullas, shunaqa gaplar. Aftidan, bu mavzu hali davom etadigan ko'rinadi. Kecha shu masala yuzasidan O'FAga borganimizda konkret javob olishning imkoni bo'lmadi. Qolaversa, Kongressda ishtirok etganlar hali Malayziyadan qaytmagan. Ular Toshkentga kelganidan so'ng bu mavzuga yana qaytsak bo'ladi.

X.Xoliqov.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика