"Xorazm" klubi PFL oldidagi qarzidan qutuldi
08 avg 2018 18:39
Yangiliklar
"Xorazm" klubi PFL oldidagi qarzidan qutuldi
Urganchning "Xorazm" klubi direktori Madamin Mamatov yozgi transferlar paytida O'zPFLga tashrif buyurib, klubning PFL oldidagi qarzdorligini 10 avgust sanasiga qadar bartaraf etish borasida kafolat xati olib kelib, PFL rahbariyatidan vaqtinchalik ruxsatnoma olgan edi.
"Xorazm" futbol klubi o'z vadasiga amal qilgan holda 7 avgust kuni PFL hisob raqamiga badal pulidan mavjud bo'lgan qarzdorlikni to'liq o'tkazib berdi.
Ana shunday vaqtincha ruxsatnoma olgan klublar haqida gap ketganda "Xotira-79" klubini ham qayd etishimiz darkor. Namangan viloyati jamoasi taqdim etgan kafolat xatining muddati o'tib bormoqda. Klub o'z vaqtida moliyaviy qarzdorlikni bartaraf etmasa, "Xotira-79" klubi Musobaqalar reglamentiga muvofiq jazolanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Fikrlar