So’nggi yangiliklar

18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон". Таркиблар маълум  3 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  2 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  4 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  11 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  14 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7

"Xorazm" bosh direktori Maqsud Karimov: "Birinchi tur o'tdi, hali xulosa chiqarishga erta" Yangiliklar

"Xorazm" bosh direktori Maqsud Karimov: "Birinchi tur o'tdi, hali xulosa chiqarishga erta"

Pro liganing dastlabki turidan o'rin olgan "Turon" va "Xorazm" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar jamoasi direktori Maqsud Karimov ishtirok etdi.

"Turon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yinga o'ylab qo'ygan rejalarimiz bor edi. Ko'p rejalarimiz o'xshamadi. Endi mag'lubiyat nima bilan bog'liqligini o'rganib, tahlil qilib chiqamiz. Keyingi bahslarda bu xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Oldinga intilishda davom etamiz. Hozir yigitlar bilan ham bu borada gaplashib oldik. Kerakli xulosalarni chiqaramiz.

O'tgan mavsumda jamoamizni tark etgan futbolchilarni o'rnini to'ldirishga harakat qildik. Bosh murabbiy ketdi, hozirda boshqa mutaxassis bilan ishlayapmiz. Yangi kelgan futbolchilar qay darajada o'zini oqlashini mavsum davomida bilib olamiz. Birinchi tur o'tdi, hali xulosa chiqarishga erta. Pandemiya va boshqa omillar o'z tasirini o'tkazmoqda. Endi bularni bahona qilmoqchi emasman. Keyingi o'yinlarga yaxshiroq hozirlik ko'ramiz. Bir necha oydan keyin transferlar oynasi ochiladi. SHunda o'zimizga kerakli bo'lgan futbolchilarni safimizga qo'shib olamiz.

Klubimizda matubot xizmati bo'lmagani bilan uni vazifasini bajaradigan ishchimiz bor. Agarda uning ishlari qoniqtirmasa matbuot kotibi olishimiz mumkin. Bu joy bo'sh turibdi.

O'yindan ko'nglimiz to'lmadi. Buning sababiga kirishamiz",- deydi Maqsud Karimov.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика