So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  1 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  6 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

Xong Myung Bo: "Janubiy Koreya jahon chempionatiga chiqadi" Yangiliklar

Xong Myung Bo: "Janubiy Koreya jahon chempionatiga chiqadi"

Janubiy koreyalik sobiq futbolchi, endilikda murabbiy bo'lib ishlayotgan Xong Myun Bo to'rtta jahon chempionatida ishtirok etgan osiyolik birinchi futbolchi hisoblanadi.

U sardorlik qilgan JCH-2002da Janubiy Koreya yarim finalga qadar etib borgandi.

Xong Myung Bo futbolni tugatgach, murabbiylik sohasida ish boshladi. U 2014 yilgi jahon birinchiligida o'z milliy terma jamoasini boshqargani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. OFK rasmiy sayti yaqinda bu murabbiydan intervyu olib, Janubiy Koreyaning JCH-2018ga borish imkoniyatlari haqida so'radi.

- Janubiy Koreya saralash bosqichidan o'ta oladimi?

- Menimcha, bu bizga katta muammo bo'lmaydi. Hozirda ikkinchi o'rindamiz va hammasi yaxshi ketyapti. Lekin 3-4 o'rinlarda borayotgan jamoalar bilan bizni kam ochko ajratib turibdi, shu bois bitta o'yin hamma narsani hal qilishi mumkin. Janubiy Koreya bunga qadar ko'p marta jahon chempionatiga chiqqan va bu safar ham shunday bo'ladi.

- Saralash o'yinlari tugashiga uch tur qoldi. Janubiy Koreya keyingi uchrashuvlarni o'z foydasiga hal etishi uchun nima qilishi kerak?

- Bir marta uyda va ikki bor safarda o'ynaymiz. Uyda Eronga qarshi bahs juda katta ahamiyatga ega. Biz 100 foizlik natija ko'rsatib, g'alaba qozonishimiz shart. Safardagi bahslarda nima bo'lishini oldindan aytish qiyin, lekin baribir g'alaba uchun harakat qilish lozim.


- Siz to'rtta jahon chempionatida ishtirok etgan osiyolik birinchi futbolchi hisoblanasiz. Bu nimani anglatadi?
- Jahon chempionatiga borishning o'ziyoq katta voqea va har bir futbolchi buni xohlaydi. Qolaversa, mundialda siz o'zingiz uchun emas, balki mamlakatingiz uchun maydonga tushasiz. Bu ham futbolchiga katta masuliyat yuklaydi.

- JCH-2002 yarim finalida Ispaniyaga qarshi penaltilar seriyasida jamoangizga g'alaba keltirgan golni urgansiz.

- Bu faoliyatimdagi eng muhim gol hisoblanadi. Hech qachon qahramon bo'laman deb o'ylamagandim.

- Jahon chempionatida kimlarga qarshi o'ynash qiyin bo'lgan?

- Klinsmann, Ronaldo... Bunday o'yinchilar ko'p. Lekin birini aytadigan bo'lsam, bu shubhasiz Ronaldo edi. Uni to'xtatib qolish juda qiyin bo'lgan.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика