Xonda: "Yaponiya terma jamoasi qaerda xatoga yo'l qo'yganligini oydinlashtirib olishi kerak"
07 iyu 2014 14:35
Yangiliklar
Xonda: "Yaponiya terma jamoasi qaerda xatoga yo'l qo'yganligini oydinlashtirib olishi kerak"
Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi Keysuke Xonda jahon chempionatiga tayyorgarlikda xatoga yo'l qo'yilganligini aytib o'tdi.
So'nggi o'rtoqlik o'yinida yaponlar Zambiya terma jamoasini qiyinchilik bilan 4:3 hisobida engishdi.
Birinchi bo'lim boshida yaponlar 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrayotib, g'alabani o'z tomonlariga og'dira olishdi. Xonda bu uchrashuvda dublga erishdi.
"Biz birinchi bora raqibga hisobni ochish uchun imkoniyat berayotganimiz yo'q va bu katta muammo. Ko'p bora Zambiya terma jamoasi o'yin tizginini o'z qo'liga oldi, bu holatni ham yaxshi deya olmayman. Jamoamiz bilan birgalikda qayerda xatoga yo'l qo'yayotganimizni oydinlashtirib olishimiz kerak. Men hozircha o'yinning videolavhalarini ko'rganim yo'q va uchrashuv haqida boshqa fikr bildira olmayman", - deydi Xonda yapon OAVlariga bergan intervyusida.
Yaponiya jahon chempionati guruh bosqichida Kot-d'Ivuar, Greciya va Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar