So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Xolid Eysa: "Biz uchun O'zbekistondagi hech bir bahs oson bo'lmagan" Yangiliklar

Xolid Eysa: "Biz uchun O'zbekistondagi hech bir bahs oson bo'lmagan"

Paxtakor  - Al Ayn uchrashuvidan so'ng mehmonlar darvozaboni Xolid Eysa o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

-Birinchi navbatda juda yorqin g'alaba bilan tabriklayman va ushbu bahs haqida fikrlaringiz?

-Avvalambor tabrik uchun rahmat.»Paxtakor«dek katta jamoaga qarshi uchrashuvda qo'lga kiritilgan uch ochko biz uchun juda muhim ahamiyatga ega. “Paxtakor”  O'zbekistonning amaldagi chempioni va hozirda ham musobaqa peshqadami hisoblanadi. Bunday jamoaga qarshi g'alaba biz uchun oldinga tashlangan juda katta qadam.

Bugungi uch ochko juda oson qo'lga kiritilgandek tuyilmadimi?-Biz uchun O'zbekistondagi hech bir bahs oson bo'lmagan. Biz “Paxtakor” va “Bunyodkor” kabi o'zbek klublari bilan juda ko'p bor to'qnash kelganmiz.  bu uchrashuvlarning har biri qiyin va shiddatli bo'lgan.

Guruh autsayderi deb qaysi jamoani aytgan bo'lardiz?

-Rostini aytsam bilmayman. Men faqat bor etiborimni jamoaga qarataman va mening maqsadim shunday davom etib keyingi bosqichga chiqish.

Ronaldu va Benzemadek futbolchilarga qarshi o'ynash sizga katta qiyinchilik tug'dirmaydimi?

-Biz “Real Madrid” va Benzemaga qarshi oldin ham o'ynaganmiz. Bunday futbolchilarga qarshi to'p surish juda qiyin, ammo maroqli.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика