So’nggi yangiliklar

14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 14:07U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон – Фаластин. Таркиблар маълум  8 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  8 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  35 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  4

Xoland zaxiraga olingani haqida: “Pepga geksa-trik qilishni xohlaganimni aytdim” Yangiliklar

Xoland zaxiraga olingani haqida: “Pepga geksa-trik qilishni xohlaganimni aytdim”

CHempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida “Manchester Siti” Erling Xolandning penta-triki evaziga “RB Leypcig”ni tor-mor etdi – 7:0.

22 yoshli norvaegiyalik o'yindan keyin hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

“Yorqin kecha. Birinchidan, bu musobaqada o'ynayotganimdan faxrlanaman, uni yoqtiraman. Beshta gol! 7:0 hisobida g'alabaga erishish – qoyilmaqom ish".

- Beshta goldan qaysi biri sizga ko'proq yoqdi?

- Menda hammasi tuman kabi. Qanday zarba berganimni eslayman, ammo nima o'ylaganimni eslay olmayman. Gollarni nishonlashdan charchab qoldim.

Mening super jihatim – gollar urish. Rostini aytishim kerakmi? Bugun juda ko'p gol bo'ldi. Buni uncha o'ylamadim – shunchaki, to'pni darvozaga yo'llashga harakat qildim. Gap tezkor qaror chiqarish va darvozabonning bo'sh nuqtasiga to'pni yuborishga harakat qilish haqida.

- “Man Siti”ning o'yin rejasi qanday edi?

- Kecha pressing ustida ko'p ishladik. Ayniqsa, o'z maydonimizda ko'p yugurishimiz va pressing qilishimiz talab qilinadi. To'pni qaytarib olishni yaxshi o'zlashtirganmiz, buni tez-tez amalga oshirishimiz lozim. Ko'proq pressing qilishimiz mumkin va bu yigitlarga o'ynash uchun ko'proq joy yuzaga keladi.

O'tgan mavsumdan farqli ravishda “Siti” bu mavsum “toza” forvard bilan o'ynamoqda va jamoa o'yiniga shuni olib kirishiga intilmoqdaman.

- Pep Gvardiola beshinchi goldan keyin sizni almashtirdi...

- Unga dubl xet-trik (geksa-trik – o'yinda davomida 6 ta gol) qilishni xohlaganimni aytdim, ammo na chora, nima qila olardim, deya savollarga javob qaytardi Xoland.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика