Xoland "Real" bilan deyarli kelishuvga erishdi

Alisher
15 iyun 2021, 17:48
"Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland ayni damda Gretsiyada dam olmoqda.

Norvegiyalik futbolchi o'z kelajagi haqida bosh qotirmoqda. Xoland va uning agenti Mino Rayola "Real"ga transfer borasida kelishuvga erishishga yaqinlar.

"Borussiya" o'yinchisini yozda qo'yib yubormoqchi emas. Ammo, Xolandning shartnomasida yozilganidek, futbolchini bir yildan so'ng 75 million evroga xarid qilish mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: SportMediaset