Xoland Bundesligada yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
15 fev 2020 00:56
Yangiliklar


Xoland Bundesligada yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Borussiya” hujumchisi Erling Xoland yanvar oyi yakunlariga ko'ra Bundesligada eng yaxshi futbolchi deya etirof etildi.
Ushbu sovrin uchun 19 yoshli norvegiyalik futbolchiga jamoadoshi Jeydon Sancho, “Bavariya” futbolchisi Ivan Perishich, Roberto Levandovski va Leon Gorecki raqobatchilik qilishdi.
Yanvar oyida Bundesliga uchrashuvlarida Xoland 2 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishdi. Har ikkala bahsda u zaxiradan maydonga tushgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar