So’nggi yangiliklar

21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  1 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  6 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  13 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  4 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  10 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  162 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  2 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  2 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  31 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1

Hockey vs Football Yangiliklar

Hockey vs Football

SHu kungacha biz faqat bitta jamoaviy sport turini bilardik, u ham bo'lsa yillar davomida kuyib pishayotganimiz - Futbol!

Bugun unga raqobatcha paydo bo'ldi - Xokkey!


Sport turi bo'yicha xokkey yaqin 20 yilda futbolga raqobat qila olmasligini yaxshi bilamiz. Hozircha Toshkentda 3ta muz saroyi mavjud, 2020 yil Samarqandda ham shunday saroylardan biri ochilishi mumkin, ayni paytda qurilish ishlari avjida. Futbolga istagan odam farzandini berishi mumkin, arzon sport turi, xokkeyda usti bosh kiyinish uchun kamida 5 mln so'm ketadi. Mashg'ulotlar aniq bir vaqt asosida, murabbiy istagan payti shug'ullantira olmaydi. Xullas, moddiy texnika bazasidan kelib chiqib yaqin 20 yilda xokkeyda qatnashish uchun faqat qiziqishni o'zi kam bo'lib qolaveradi, lekin...


Lekini shundaki: Barcha ishni “0“dan boshlagan xokkey federaciyasi 2019 yilning eng yaxshi sport tashkilotlaridan biri bo'lishga arziydigan mehnat qildi. “Xumo“ rahbarlari, katta xarajatni talab qilsa-da, Rossiyada o'z o'rniga ega bo'lgan xokkey mutaxassislarini Toshkentga olib keldilar. Birgina klub matbuot kotibi ko'p yillar “Spartak“ Moskva matbuot kotibi bo'lib ishlaganini o'zi uning qanday mutaxassis ekanligidan dalolat.


Mashinalar har oyda o'zgarib turibdi, "retro car"lar ko'pchilikda qiziqish uyg'otayapti.

Men so'nggi yillarda juda ko'p Evropa o'yinlarida stadionlarga kirdim. Ular orasida Kataloniya va Madridda bo'lib o'tgan klasikolar, Rimda “Lacio“ va “Roma“ ishtirokidagi bahslar, Parijda PSJ, yana jahon chempionatlari va boshqalar. Evropada stadionlar bugungidek to'lmasdi, agar u erda oilaviy muxlislar bo'lmasa. Evropada futbol bu bayram, bir oiladan kami 2 kishi, aksariyat 3-4 nafar muxlis o'yinlarga tashrif buyuradi. O'z o'zidan 20 ming nafar muxlis o'z oilasi bilan kelganida, stadionda ular soni 40 mingdan 60 ming nafarni tashkil qilayapti. Nima uchun, chunki futbolga ular dam olgani kelayaptilar, futboldan tashqari oilaviy madaniy hordiq chiqarayaptilar. “Men “Roma ishtirokidagi o'yinlarni qo'limda bir bokal pivo va "xot-dog"siz tasavvur qila olmayman“, - deb aytdi kuni kecha O'zbekistonda bo'lib qaytgan italiyalik murabbiy. Ular TVda ham ko'rib qo'yaveradilar kerak bo'lsa futbolni, lekin ular uchun TV stadion ichi va tashqarisida bo'layotgan “atmosfera“ni taqdim qila olmaydi. SHuning uchun qiymatiga qaramay, ular yilda hech bo'lmasa bir marotaba futbolga tushadilar. Amerika tomonlarda futboldagi lazzat, allaqachon xokkey, basketbol, beysbol kabi sport turlariga kirib ulgurgan. Bizning futbolga etishmayotgan narsa aynan shu bo'ladi. “Xumo“ boshchiligidagi katta jamoa esa bizga mana shu “atmosfera“ni taqdim qilayapti. Bugun “Xumo“ning o'yinlariga yo'q deganda 5000 nafar muxlis tashrif buyurayapti. Dam olish kunlari esa ko'rsatgich ikki karra oshayapti. Nima uchun, hamma xokkeyni tushunadimi? Yo'q albatta, o'zim ham qoidalarni sekin asta o'rganayapman. Qolgan 90% muxlisda ham shunday. Xokkeyga tushayotgan juda ko'pchilikni oilaviy ko'rasiz. CHunki ular uchun sharoit yaratilgan, xokkey bir bahona. Barcha dam olgani kelayapti. Kirishda, chiqishda muammo yo'q. Asabingiz buzilmaydi, chiptalarni futbolga o'xshab tushunsa-tushunmasa IIB vakillari nazorat qilmaydi. Maxsus xizmatchilar. Kulib turib qaysi tribunaga borishingizni ko'rsatib yuboradi. Arenaga kirguncha ko'ngilochar o'yinlar. Esdalik uchun suratga tushish uchun har xildagi bannerlar, tarixiy mashinalar. Xokkey uchrashuvi esa bayramdek o'tadi. “Xumo“ yutqazadimi yo'qmi, muxlis uchun farqi bo'lmayapti, keyingi uchrashuvga ular yana kelayaptilar. Nima uchun? CHunki muxlis uchun sharoit yaratilgan birinchi SPORT turi bo'ldi O'zbekistonda xokkey!




Bugun ko'chadagi bannerlarga qarang, barcha erda shou biznes vakillari. Ular orasida sportchilarni ko'ryapsizmi? Bazan Olimpiadada chempion bo'lib qolganlar surati chiqmasa, boshqa payt eslanmaydi. Sport allaqachon marketing tomonidan shou biznesga mag'lubiyatga uchrab bo'lgan. Marketingda aylanayotgan milliardlarni sportga, aniqrog'i futbolga yo'naltirish uchun ham futbolni xokkey kabi bayramga aylantirishimiz kerak. Men barcha futbol klublarining rahbarlarini bir marotaba bo'lsada “Xumo“ ishtirokidagi xokkey uchrashuviga taklif qilgan bo'lardim. 


CHiptalar ham arzon emas, joylariga qarab 15 000 - 75 000 so'mgacha. Odamlar xarid qilayapti. Eng muhimi tartib mavjud, barcha chiptalarga qaerda o'tirishingiz qayd qilingan. 


Yuqorida xokkey shu darajada ketadigan bo'lsa, uning ham investorlari paydo bo'ladi, futbol bunday ketsa, 20 yildan keyin qanday moddiy holatda bo'lishini faqat yaratgan biladi. Agar xokkey o'sib ketsa, 20 yildan keyin futbolga kelayotgan eng yaxshi bolalarni o'ziga og'dirib oladi. Rossiya misolida keltirib o'taman, bir sog'lom bolakayning ota-onasining oldida turadigan variantlarni sanaymiz: Futbol, xokkey, basketbol, gandbol, voleybol va engil atletika. Bizda bugun juda ko'pchilik birinchi bo'lib bolasini futbolga olib boradi, agar u erda “tortib“ ketmasa boshqa sport turlariga murojaat qiladi. Rossiya va boshqa etakchi davlatlarda, har bir sog'lom bola uchun o'nlab sport turlari kurash olib boradilar. Bir kun kelib bizda boshqa jamoaviy sport turlarida ham daromad oshsa (xokkey boshlab berdi), ko'rasiz, hamma ham o'zini futbolga uravermaydi. CHunki daromad olish mumkin bo'lgan boshqa vositalar chiqa boshlagan bo'ladi. Mana shuning uchun ham, keyingi 10-20 yil ichida ham futbolga eng yaxshilar kelishi va futbol 20 yildan keyin ham muxlislar orasida birinchi raqamli sport turi bo'lib turishi uchun bugun munosabatni o'zgartirishimiz kerak bo'ladi. Hozircha, xokkey 1 yil faoliyat olib bormay, bir uchrashuvni qanday o'tkazish va marketing borasida futbolga master klass o'tkazib bo'ldi deb bemalol, uyalmasdan tan olishimiz kerak.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика