"Xo'jayinlar o'sha paytda ko'p yolg'on gapirishgan". Fernando Torres "Liverpul"dan "CHelsi"ga o'tishi haqida
16 sen 2020 10:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/592542_original.jpg)
![](/upload/storage/592542_220.jpg)
"Xo'jayinlar o'sha paytda ko'p yolg'on gapirishgan". Fernando Torres "Liverpul"dan "CHelsi"ga o'tishi haqida
Ispaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Fernando Torres 2011 yilda "Liverpul"dan "CHelsi"ga o'tganiga izoh berdi.
"Men rostdan ham "Liverpul"da baxtli edim, agar eslasangiz, klub o'sha paytda meni sotishmoqchi bo'lgan va bu eng og'ir damlar edi. Ular eng yaxshi futbolchilarini sotish yuborishdi. Xaver Maskerano, Xabi Alonso, murabbiy Rafael Benitis ketdi va ular yosh futbolchilarga qiziqishni boshlashdi.
Ulardan g'olib jamoa yaratish uchun besh, olti yoki etti yil talab etilar edi. Afsuski, o'sha paytdagi "Liverpul" xo'jayinlari ko'p aldashgan va men oxir-oqibat o'z yo'limni topishim kerak edi. Bu "CHelsi" bo'ldi, ushbu klub kelajakda men uchun sovrinlar olib keladi deb o'ylardim", - deydi Torres.
35 yoshli Torres "Atletiko", "Liverpul", "CHelsi", "Milan", yana "Atletiko" va "Sagan Tosu" klublarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar