So’nggi yangiliklar

23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  1 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  64 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   3

Xo'jand shahridagi "Tojikiston Mustaqilligining 20 yilligi" stadioniga fotosayohat Yangiliklar

Xo'jand shahridagi "Tojikiston Mustaqilligining 20 yilligi" stadioniga fotosayohat

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi OFK Kubogi Markaziy mintaqa finali doirasida Tojikistonning "Xo'jand" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Bugun bo'lajak uchrashuv oldidan rasmiy tadbirlar bo'lib o'tdi. Championat.asia saytining ikki xodimi bo'lajak uchrashuvni yoritib borish maqsadida Xo'jand shahriga yo'l oldi. Ular o'yin oldi matbuot anjumani hamda "So'g'diyona" klubining o'yinoldi mashg'ulotlariga oid fotosuratlar taqdim etishdi.

Murabbiylar bo'lajak o'yin oldidan qanday fikrda?

"Bizning jamoa O'zbekiston chempionatining so'nggi turida safarda g'alaba qozondik va bo'lajak o'yinga ham jismoniy, ham ruhiy tomonlama yaxshi holatda etib keldik. Ertangi bahsga tayyormiz.

"Xo'jand" jamoasini yaxshi bilamiz. Maqsadlari ulkan va yosh jamoa. Yaxshi futbolchilarga ega. Raqib o'z maydonida o'ynashi ularga ustunlik beradi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 15:30da boshlanadi, bu degani xato qilishga haqqimiz yo'q. Agar xato qilsak uni to'g'rilashning imkoni bo'lmaydi", - dedi "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev.

Ertangi o'yin bo'yicha gapiradigan bo'lsak, raqibimiz "So'g'diyona" o'yinini o'rganib chiqdik. Ammo biz o'z o'yinimiz va tayyorgarligimizga etibor qaratamiz. Tayyorgarligimizga yarasha o'yin ko'rsatamiz degan umiddaman. O'ylaymanki, muxlislarimizni xursand qila olamiz.

"So'g'diyona"ning darajasi oldin guruh bosqichida to'qnash kelgan klublarimizdan yuqori. Qaytaraman, biz raqibni yaxshi bilamiz va tayyorgarlikka katta etibor qaratdik. Yozgi transfer oynasida Elchibek Rashidbekov, Sergey Garanja va boshqa yosh futbolchilar orqali tarkibimizni kuchaytirdik. O'ylaymanki, mavjud futbolchilarimiz uchrashuvga tayyor. Jizzax klubiga qarshi o'yinimiz hammasini ko'rsatib beradi", – dedi "Xo'jand" bosh murabbiyi Rustam Xo'jaev.

Kechga yaqin Jizzax klubi o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazdi. Yig'inda barcha futbolchilar ishtirok etdi. Saytimiz fotografi Tolibjon Qosimov bo'lajak uchrashuv oldidan maydonning qay darajada tayyor ekanligini o'z suratlari orqali namoyon etdi. 

Birozdan so'ng "So'g'diyona" klubi mashg'ulotidan fotogalereya hamda jamoa hujumchisi SHohro'z Norxonovning bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashamiz.

Eslatib o'tamiz, Markaziy mintaqa finali 17 avgust, soat 15:30 da "Tojikiston Mustaqilligining 20 yilligi" stadionida bo'lib o'tadi. 

FK Khujand

AFC Cup Final Stage . 1/8-tur

17/08/2022, 16:30

4
:
0
Tugadi

Sogdiana

45'
90'

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика