So’nggi yangiliklar

17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  2 17:24U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама. Таркиблар маълум: дарвозада ўзгариш бор  7 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  16 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  30 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  2

“Xitoylik Maradona” terma jamoasini Rossiyaga olib bormoqchi Yangiliklar

“Xitoylik Maradona” terma jamoasini Rossiyaga olib bormoqchi

Teglar :  Vu LeyXitoyJCH-2018
Xitoy terma jamoasi hujumchisi Vu Ley fifa.com saytiga intervyu berdi.

Vu Ley uchun 2001 yilning 7 oktyabr sanasi hayotidagi eng muhim kunlardan biri bo'lib qolgan. O'sha kuni Xitoy terma jamoasi Bora Milutinovich boshchiligida Ummonni 1:0 hisobida mag'lub etib o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanma olgandi. O'shanda Vu Ley Nankin maktabining 9-sinfi o'quvchisi edi va xuddi boshqa bolakalar kabi ko'chaga chiqib tarixiy g'alabani nishonlagandi. Xitoy terma jamoasi hujumida o'ynayotgan futbolchi o'sha damlarni yodga oldi.
Xursandchilikdan o'zimizda emasdik, - deb gap boshladi 24 yoshli Vu Ley. - Juda kichkina edim, ammo qolganlar bilan birga ko'chaga chiqib bayram qilgandim, u erda xursandchilik hukmron edi. Jahon chempionatiga chiqish barchani baxtli qilgandi.

Xitoy terma jamoasi JCH-2018 saralashining 3-bosqichiga yo'llanma oldi. SHu bois mamlakat aholisi yana mundialni orzu qilmoqda. Aynan Vu Leyning ajoyib o'yini tufayli Gao Xunbo boshchiligidagi jamoa 2-bosqichning so'nggi turida Qatar mag'lub etildi (2:0). Ushbu g'alabadan so'ng Xitoy 2001 yildan buyon birinchi marta JCH saralashining so'nggi bosqichiga chiqishga muvaffaq bo'ldi.

Balki bolalikdagi orzularni amalga oshirishning vaqti kelgandir. Hozir terma jamoada o'ynayotgan ko'plab sheriklarim 2001 yildagi ulkan g'alabani nishonlashgandi. Endi biz katta bo'ldik va terma jamoani Jahon chempionatiga olib chiqish cheki aynan bizning gardanimizga tushdi. Umid qilamanki, o'z imkoniyatimizdan foydalanamiz, - deydi Vu Ley.


Xitoylik Maradona  
Vu Ley - ayni paytda terma jamoasining eng mashhur yulduzi. Qatarga qarshi o'yindagi gol uning uchun 34-o'yindagi ettinchi gol bo'ldi. Xitoy Superligasida jahon yulduzlari kelib to'p tepishmoqda. Biroq ular orasida Vu Ley yo'qolib qolmayapti. Dastlabki 5 turda futbolchi ikkita gol urdi va ikkita golli pas oshirdi. Ayni paytda SHanxay SIPG kuchli uchlikda bormoqda.

Hujumchi bu mavsum Osiyo chempionlar ligasida ham ajoyib o'ynamoqda. SHanxay va Melburn Viktori uchrashuvida (3:1) Vu Ley ikki bor golli pas oshirdi va bitta penalti ishladi. Bu g'alaba Xitoy klubini keyingi bosqichga olib chiqdi. Ko'plab mahalliy jurnalistlar Vu Leyni xitoylik Maradona deb atashmoqda.  
Menimcha futbolchi sifatida ancha o'sishga erishdim, aynan shu bois ko'p gol urayapman, - deydi forvard. - Klubim va terma jamoaga ko'proq foyda keltira boshladim. Tabiiyki o'z navbatida muxlislarning ham talablari ortib bormoqda. O'yinimda pasaiysh bo'lmasligi uchun mehnat qilishda davom etishim kerak.
Futbolchi o'zining yaxshi o'yinlarida Sven-Yoran Erikssonning ham qo'li borligini takidlab o'tdi. Mashhur shveciyalik murabbiy 2 yildan buyon SHanxayda ishlab kelmoqda: Murabbiy menga o'z potencialimni ochib berishda katta yordam berdi. Masalan, u meni qanotda o'ynata boshladi va bu joyda aynan qanday harakat qilishimni tushuntirib berdi. Mening imkoniyatlarini ko'ra oldi va ularni ochib berdi.


Rossiyaga borish imkoniyati
Vu Ley Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Gao Xunbodan ham minnatdor ekanini aytib o'tdi. Aynan shu murabbiy uni milliy termaga jalb qilgan. Beyjin Guan sobiq futbolchisi fevral oyida franciyalik Alen Perrenning o'rniga kelib Xitoy terma jamoasini qiyinchilik bilan bo'lsa ham 3-bosqichga olib chiqa oldi. Gao meni birinchi yig'ingayoq chaqirgandi, - deydi Vu Ley. - Bir necha yil oldin hozirgi klubimda ishlagandi. Gao meni juda yaxshi biladi, terma jamoa bosh murabbiyi bo'lganidan juda xursandman. U maydonda va uning tashqarisida bizni oldinga chorlamoqda. Gao Xitoyni raqobatbardosh va kuchli jamoaga aylatira oladi. Saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etishdan umidvormiz.

Xitoy mundial sari kurashni Janubiy Koreya, Eron, O'zbekiston, Qatar va Suriya jamoalariga qarshi davom ettiradi. Vu Ley fikriga ko'ra 15 yil oldingi muvaffaqiyatni takrorlash uchun o'z kuchiga bo'lgan ishonchni so'ndirmaslik kerak.

Bu bosqichda kuchsiz raqiblar qolmadi. Hech bir o'yinda oson g'alaba qozonish haqida o'ylamaslik kerak. Har bir o'yinda maydonda o'lishimiz kerak va tishlarimiz bilan raqiblardan ochko olib qo'yishimiz kerak, - deb keskin gapiradi Vu Ley. - Osiyoning eng kuchli jamoalariga texnika va klassda yutqazamiz. Biroq uchrashuvlarga hozirgidek yaxshi jismoniy holatda va g'alaba ruhiyati bilan tayyorgarlik ko'rsak istalgan narsa ro'y berishi mumkin. Agar chindan ham g'alabaga intilsak va o'zimizga ishonsak istalgan raqibni mag'lub eta olamiz. Buni Qatar bilan o'yinda isbotladik.

Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика