“Vulvyerxempton” xitoylik forvard bilan qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2020, 21:10
“Espanol” a'zosi Vu Ley “bo'rilar” qiziqishiga sabab bo'lmoqda, deya xabar qiladi Mundo Deportivo.

Ingliz klubi uni kuzatib bormoqda va kelayotgan transfyer oynasida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Xitoy tyermasi a'zosining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabrida o'z yakuniga etadi, “Vulvyerxempton” esa bundan foydalanib qolmoqchi.

Vu Ley 2019 yil “Shanxay SIPG”dan “Espanol”ga o'tdi. 28 yoshli hujumchi bu mavsum “oq-ko'klar” libosida 38 bahsda qatnashdi va 7ta gol urgan holda bitta pasni o'z hisobiga yozdirdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo