So’nggi yangiliklar

14:34Де ла Фуэнте Мамардашвилининг Хвичани бутун Испания терма жамоасидан яхшироқ деган фикрига муносабат билдирди  0 14:06Испания – Европа чемпиони титулини ҳимоя қилган ягона терма жамоа  0 13:37Энрикега Шкриньяр керакмас. ПСЖ ҳимоячиси учун "Фенербахче", "Галатасарой" ва "Бешиктош" даъвогарлик қилмоқда  3 13:03Хесус Вальехо "Реал"га қайтди ва унга дарҳол эшикни кўрсатишди  6 12:37"Арсенал" собиқ ўйинчиси Силва клуб нега АПЛ чемпиони бўла олмаслигини айтди  2 12:12"Барселона" Феликсни олиб қолмоқчими?  1 11:44ПСЖ Испания терма жамоаси футболчисини сотиши мумкин, Энрике бунга қарши  3 11:21Николич Файзуллаевнинг Олимпиадада иштирок этиши борасидаги позицияни маълум қилди  8 10:58«Манчестер Юнайтед» Маттейс Де Лигт билан музокараларни бошлади  2 10:31FourFourTwo. Испания тарихидаги энг яхши ҳимоячилар рейтинги тузиб чиқилди  16 10:06Спаллетти: «Италиянинг «Евро»дан чиқиб кетиши одамлар гапираётгандек жуда ваҳимали ҳолат эмас»  14 09:50Копа Америка. Аргентина - Перу 2:0, Мартинесдан дубль, Ди Мариядан ассист  1 09:41«Арсенал» «Барселона» ҳимоячиси бўйича расмий таклиф билан чиқди  2 09:14Дания терма жамоаси устози: «Аҳмоқона қарорлардан чарчадим»  21 08:47Германия — Дания учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  1

Xitoydagi faoliyati, klubdagi taqdiri, terma jamoa... yoxud hammasi Odil Ahmedov haqida Yangiliklar

Xitoydagi faoliyati, klubdagi taqdiri, terma jamoa... yoxud hammasi Odil Ahmedov haqida

Futbolimizning yorqin yulduzi Odil Ahmedov Xitoyning “SHanxay SIPG” klubi sharafini himoya qilayotganidan xabardorsiz.

Yaqinda u erda milliy chempionat bahslari yakunlandi va futbolchimiz uyiga qaytdi. Odil Ahmedov bilan suhbatlashish uchun uning shaxsiy mamuri Sodiq Ahmadalievga o'z istagimizni bildirdik. Odil bir necha kun davomida Namanganda bo'lib bir qator tadbirlarda qatnashmoqda. 8 dekabr kuni Ahmedov ilk saboqlarini olgan futbol maktab internatiga maydon qurib bergani munosabati bilan uning ochilish marosimi bo'lib o'tdi va unda viloyat hokimi ham ishtirok etdi. Sodiq Ahmadaliev esa bizni ushbu tadbirga taklif qilgan holda o'sha erda Odil bilan gaplashib olish imkoniyatimiz borligini aytdi va u erga yo'l oldik. Aytish joizki, yangi maydonning ochilish marosimi juda chiroyli ko'rinishda o'tdi. Marosim yakuniga etganidan so'ng futbolchi “Futbol Ekspress” uchun vaqt ajratdi.


 “Odil Junior nomi Belgiyaga borganimda paydo bo'lgan”


-    Bilasizmi, yoshligimizda bunday imkoniyatlar bo'lmagan va biz futbolni asfaldda o'ynab yurardik, - deb gap boshladi, Ahmedov. - Har bir futbolchi va bolakay yaxshi sharoitlarda shug'ullanishni orzu qiladi. O'zim ushbu futbol maktabida o'qiganim uchun yoshlar futboliga befarq emasman. SHuning uchun qo'limdan kelganicha bolalar uchun sharoit yaratib berishga harakat qildim. Hozirgi vaziyatdan o'zim ham mamnunman. Biz shu erda o'qib yurgan paytlarimizda ko'chamizdan biror-bir futbolchi o'tib ketsa uni ko'rib rosa xursand bo'lardik. Hozirgi yoshlarga esa hamma narsa yaratilyapti. Mana, viloyat va shahar hokimining kelishi, shu erda o'qib futbolchi sifatida tanilgan insonlarning kelishi hozirgi yoshlarga katta turtki berishi shubhasiz. Ertaga esa o'sha yoshlarda men ham shunday futbolchi bo'lishim kerak, degan maqsad paydo bo'lib o'z ustida ikki barobar ko'proq mehnat qilishga o'tadilar.

-    Malumki, o'zingizning shaxsiy futbol maktabingiz bor. Ayni paytda uning faoliyati qanday davom etyapti va keyingi rejalar xususida ayta olasizmi?
-    Namangan nihoyatda iqtidorlarga boy joy. O'sha iqtidorlarning hammasini ham Toshkentga yoki Qashqadaryoga borib o'qishiga sharoiti yo'q. SHuning uchun biz ham Namanganda barcha sharoitlarga ega bo'lgan futbol maktabini tashkil qilishni maqsad qilganmiz. U erga 1-sinfga bolalarni qabul qilganmiz. Aytishim kerakki, bu borada dastlabki qadamlarni tashladik. Lekin u erda hali katta hajmdagi ishlarni bajarishimiz kerak. Eng avvalo buni hamma xohlashini istayman. Ana shunda ertaga barqaror ish yo'nalishi yo'lga qo'yiladi va terma jamoalarimizga munosib o'yinchilar etishib chiqishiga xizmat qiladi. Bu narsani men, viloyat hokimi, shahar hokimi xohlayapti. Aynan bizga o'xshab buni sport boshqarmasi va uning boshlig'i ham xohlashi kerak. SHuningdek, futbolning ichida yurgan futbol federaciya xodimlari va bazi mutasaddilar ham xohlashsa, o'shanda hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib maqsadga erishishimiz mumkin.

-    Demak, o'z rejalaringizni amalga tatbiq etishda muammo va to'siqlar paydo bo'lyaptimi?
-    Ish bor joyda kamchiliklar bo'ladi. O'ylaymanki, bu bartaraf bo'ladigan ish. Eng asosiysi, bizning istak va maqsadlarimizni viloyat va shahar hokimi qo'llab-quvvatlayapti. Umid qilamanki, hammasi o'z joyiga tushib ketadi.

-    Qiziq, futbol maktabini nima uchun “Odil Junior” deb nomlagansizlar? Bu sizning istagingizmidi?
-    Men ko'p chet davlatlarda bo'laman. Bir safar Belgiyaga borganimda futbol maktabini ko'zdan kechirgandim. Keyin so'rab surishtirsam bir taniqli futbolchi nomidagi Junior nomli futbol maktabi ekan. O'shanda men ham agar futbol maktabi ochsam uning nomini “Odil Junior” deb nomlash borasida niyat qilib qo'ygandim.

“Xitoy bilan o'yindan keyin aytgan gaplarim bazi odamlarga tegishini istaganman”

-    Endi klubdagi faoliyatingizga to'xtaladigan bo'lsam, “SHanxay SIPG”ga yo'l olishingizdan oldin gaplashganimizda u erga katta maqsadlar bilan ketayotganingiz haqida aytgandingiz. Ayting-chi, bir yil davomida nimalarga erishdim va nimalarni boy berdim deb o'ylaysiz?
-    Hali shu kungacha mening jamoam Xitoy chempionatida 2-o'ringa chiqmagan, Osiyo CHempionlar ligasida yarim finalgacha etib bormagan va mamlakat Kubogida finalga ham chiqa olmagan. SHuni hisobga olsak, jamoamizda oldinga qadam tashlandi. Lekin baribir bizga nimadir etishmadi. Vaholanki, bizda Xitoy chempionati, Osiyo CHempionlar ligasi va mamlakat Kubogida ham muvaffaqiyatga erishish uchun imkoniyatlar bor edi. Futbol nimasi bilan qiziq? Unda albatta, yutasiz va yutqazasiz. Umuman, Xitoydagi faoliyatimni yomon yoki yaxshi deb aytmayman, o'rtacha o'tdi deb baho bergan bo'lardim. Endi O'zbekiston milliy terma jamoasiga keladigan bo'lsak, oldimizdagi eng asosiy maqsad – bu jahon chempionatiga chiqish edi. Alam qiladigani qo'limizdagi tayyor imkoniyatni boy berib qo'ydik. Bundan ko'plab odamlar aziyat chekdi. Muxlislar qanchalik qiynalishgan bo'lsa, buni men o'zimda ikki barobar ko'proq his qilaman va aziyat chekdim. Terma jamoamizning oxirgi o'yinidan keyin ancha vaqt o'zimga kela olmay yurdim. Endi o'sha bo'lib o'tgan ishlar faqat yaxshilikka bo'lsin. Hozirda futbolimizda islohotlar bo'lyapti. Agar barcha ishlar to'g'ri yo'lga qo'yiladigan bo'lsa, O'zbekiston barqaror va doimiy ravishda jahon chempionatlarida qatnashadigan bo'lishi kerak. Biz bunga tayyormiz. Faqat hamma o'z ishiga professional darajada yondashishi kerak. Biz futbolchilardan tashqari, muxlislar, futbolga aloqador bo'lgan insonlar, umuman hamma o'z ishini to'g'ri bajarib, barcha bir maqsad yo'lida birlasha olsa, shundagina marra bizniki bo'ladi.

-    Odil, sizning Xitoyga qarshi uchrashuvdan keyin bergan intervyuingiz hammaga katta aks-sado bergan. YO jahon chempionatiga chiqishimiz kerak yoki futbol o'ynashni yig'ishtirishimiz zarur, deb aytgan gaplaringizni barcha jiddiy qabul qilgan. To'g'ri, o'shanda siz bu gapni asabingiz tarang vaziyatda jaxl ustida aytgansiz. Xo'sh, endi bo'lib o'tgan ishlardan keyin sizning terma jamoa bilan bog'liq rejalaringiz nimalardan iborat?
-    Bilasizmi, men maydonga chiqsam faqat g'alaba qozonishni istayman, bundan boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Yutqazishni esa juda yomon ko'raman. Yutqazganimizdan keyin esa mening ahvolim juda yomon bo'lib qoladi. Ko'rgan bo'lsangiz, o'sha o'yinda qancha imkoniyatlarimiz bo'ldi? Biz Xitoyni yutishimiz kerak edi. Jahon chempionatiga chiqishimiz uchun aynan o'sha raqibni mag'lub etishimiz shart edi. SHuning uchun uchrashuvdan so'ng o'zimni ushlab tura olmadim. O'sha aytgan gaplarim ayrim futbolchilarga, ayrim futboldagi tegishli mutasaddilarga tegsin deb gapirganman. Men vatanparvarman, o'z vatanimni jonimdan ortiq yaxshi ko'raman. Agar terma jamoa uchun foydali bo'lsam, unda doimo va har qanday vaziyatda yordam berishga tayyorman.

-    Yaqinda O'zbekiston futbol federaciyasi milliy terma jamoamizning bosh murabbiyligi uchun bir qator nomzodlar nomini elon qildi. Terma jamoamiz sardori sifatida qaysi mutaxassisni bosh murabbiy rolida ko'rishni istagan bo'lardingiz?
-    Menga qolsa, terma jamoaga tajribali, jahon va Evropa chempionatlarini ko'rgan, kuchli klublarda ishlagan murabbiyni olib kelardim. Oddiy misol qilib, Eronni boshqarib kelayotgan Keyrushni olaylik, unga qaysi o'yinda ochko kerak, qaysi o'yinda g'alaba yoki durang zarur, hammasini oldindan rejalashtirib, hisob-kitob qilib chiqadi. Qaysi uchrashuvda qanday o'ynashni u oldindan hal qilib qo'yadi. Bizda shu paytgacha ishlagan barcha murabbiylarning hech biri jahon chempionatiga murabbiy sifatida bormagan. Kerak bo'lsa qanday ishlashni ham bilishmaydi. Etibor bering, biz dastlab saralash bosqichlarida qanday yaxshi o'ynadik va oxirgi bosqichga kelganda qanchalik yomon o'ynadik. Bizni o'sha narsalarga puxta tayyorlay oladigan murabbiy kerak. Xullas, men xalqaro tajribaga ega va obro'si katta bo'lgan murabbiyni tanlagan bo'lardim.
-    SHuningdek, jahon chempionatiga chiqa olmaganimizdan keyin siz “Sport” telekanaliga intervyu bergandingiz. O'shanda O'FFda o'zgarishlar yuz berish arafasida edi. Yangi rahbariyat ish boshlasa, ular bilan gaplashib o'z maslahat va rejalaringiz bilan o'rtoqlashish niyatingiz borligini ham aytgansiz. Xo'sh, bugungi O'FF rahbariyati bilan uchrashib gaplasha oldingizmi?
-    Yo'q, ular bilan hali muloqot bo'lmadi. O'shanda ham aytgandim, agar meni taklif qilib, nimadir so'rashsa o'z maslahat va takliflarimni ayamayman.


“Ha, Villash Boash ketdi, ammo rejam bo'yicha Xitoyda qolishim kerak”


-    Odil, sizni “SHanxay SIPG” klubiga Andre Villash Boash taklif qilgan. Ammo u ketdi. Xo'sh, endi sizning ham rejalaringiz o'zgaradimi?
-    Ha, u yaxshi mutaxassis va meni klubga o'sha taklif qilgan. Oxirgi kuni klubda yig'ilish o'tkazildi. Klubning bosh homiylari kelib menga minnatdorchilik bildirgan holda qoniqish hosil qilishganini izhor etishdi. O'shanda kelajakda ham yana birga ishlashimizni malum qilishdi. Ammo baribir jamoaga yangi bosh murabbiy keladi. Futbol shunday narsaki, ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Aytmoqchimanki, futbolda birdaniga hamma narsa o'zgarib ketishi ham mumkin. Biroq hozirgi rejam bo'yicha yana Xitoyda qolishim kerak.

-    Demak, boshqa takliflarni ko'rib chiqmayapsizmi?
-    Hali takliflarni ko'rib chiqqanim yo'q. CHunki bunga hojat ham yo'q. CHunki men “SHanxay SIPG” bilan ikki yilga shartnoma tuzganman. Hali ham o'rtadagi bitim o'z kuchida turibdi. Yangi murabbiy kelganidan so'ng u bilan gaplashgach, keyin hammasiga oydinlik kiritamiz.

-    Villash Boash sizni yoqtirishi haqiqat edi. Ayting-chi, u sizdan o'zbek futboli haqidagi malumotlar haqida ham so'rab qiziqib turarmidi?
-    Ha, so'ragan. Masalan, O'zbekistonda yoshlar futboliga bo'lgan etibor qandayligi bilan qiziqqan. Keyin u terma jamoamizning qaysidir o'yinini ko'rgandi va o'shanda buni ikkimiz muhokama qilgandik. SHuningdek, men Villash Boashga o'zimizning ikki-uchta futbolchimizni tavsiya qilganman. CHunki murabbiy doim iqtidorli o'yinchilarni o'z rejasiga kiritib yuradi. SHu bois agar kerak bo'lsa bizda palonchi, pistonchi futbolchilar bor deb unga aytganman. Keyin murabbiy shunga qarab uning statistikalari va videoroliklarini ko'radi. Baribir u tajribali murabbiy va shuning uchun ertaga qanday ish qilish kerakligini oldindan rejalashtirib yuradi.

-    Siz jahon saviyasidagi futbolchilar – Oskar, Xalk, Rikardo Karvalyu kabi futbolchilar bilan birga o'ynadingiz. Ayting-chi, ular xayotda qanday insonlar?
-    Xayotda ham juda professional. Ularda odamgarchilik ham juda yaxshi. Biz futboldan tashqarida ham juda ko'p yig'ilib turamiz. CHunki bu narsa kollektivni yanada ahil qiladi. Ahil va intizom bo'lgan joyda albatta natija ham bo'ladi. SHuning uchun biz doim ular bilan muloqotda bo'lamiz. Hamma bilan bir xil munosabatda bo'lishadi, sira ham o'zini yulduz deb hisoblashmaydi.

-    Siz ham yulduz futbolchilar qatori Xitoy chempionatiga taklif etilgandingiz. Ayting-chi, u erda o'ynab chindan ham futbolchi o'sishi mumkin ekanmi?
-    Xitoy oxirgi marta 2002 yili Bora Milutinovich boshchiligida jahon chempionatiga chiqqan va shunga qadar ular kuchli edi. Keyin esa Xitoyda futbolga etibor pasayib ketdi. CHempionat saviyasi pastlab ketgani bu terma jamoaga ham tasir ko'rsatgan. Natijada Xitoy termasi hattoki jahon chempionati saralashining oxirgi bosqichiga ham chiqa olmaydigan bo'lib qolgandi. Hozirgi paytda ularda ham katta islohotlar bo'lyapti va ayniqsa yoshlar futboli bilan ichki chempionatga etibor oshirildi. Bugungi kunda Xitoy chempionati juda ham qiziq. Ko'rgan bo'lsangiz, Osiyo CHempionlar ligasida “Guanjou” bilan o'yinlarimiz qanday bo'ldi-a? Xitoy chempionatida har bir o'yin shunday o'tadi. Stadion muxlislar bilan to'lyapti, terma jamoasi ham endilikda kuchli murabbiyga ega va ular o'sishga erishishyapti. Xitoy chempionatida o'ynab, uning oldinga qadam tashlayotganiga guvoh bo'ldim. CHempionlar ligasining yarim finaligacha ham Xitoyning ikkita klubi etib bordi. Bu ham uning saviyasini ko'rsatib turibdi.

-    Xitoyga borganingizdan keyin mamlakat futbolida ayrim islohotlar bo'ldi va legionerlar limitiga o'zgarishlar kiritildi. Bu sizga qanday tasir ko'rsatdi?
-    Albatta, bu tasir qildi. Birinchi borganimda boshqacha ahvolga tushib qoldim. Lekin futbolda hamma narsa bo'lishi mumkinligini bilardim. SHuningdek, hamma narsa ko'proq o'zimga ham bog'liqligini bilardim. Jamoa besh nafar legionerni olib bo'lgandi, keyin esa legionerlar bo'yicha limit o'zgarib qoldi. Murabbiy bilan gaplashganimda tarkibda rotaciya qilib o'ynataman deb aytgan. Keyin hammasi joyiga tushdi va barqaror o'ynashga harakat qildim. Bu o'zgarishlar menga katta tasir qilgani ham yo'q. Yosh bola emasman, professional futbolchiman. Hamma narsaga tayyor turish kerak.

-    Ayting-chi, SHanxayda Odil Ahmedovning bir kuni qanday o'tardi?
-    SHanxayda futbolni nihoyatda yaxshi ko'rishadi. Mashg'ulotlarimiz asosan ertalab bo'ladi. Tushlikdan keyin uyga boraman. Albatta, kechki payt oilam bilan ko'chaga sayrga chiqamiz, ammo kam hollardagina. CHunki ko'cha-ko'yda muxlislar juda ko'p. SHu bois oilam bilan bemalol aylanib yurishim qiyin. Ko'proq vaqtimni uyda oilam davrasida o'tkazaman. Men uchun eng maza qilib dam oladigan paytim farzandlarimni bag'rimga bosgan holatimda yuz beradi. O'sha paytda mening barcha charchoqlarim tarqab ketadi.


“Bizda Qosimov va Berdievga o'xshagan murabbiylar kam”

-    Faoliyatingizda katta o'rin tutgan murabbiy sifatida kimni aytgan bo'lardingiz?
-    Menga birinchi bo'lib turtki bo'lgan murabbiy – bu Valeriy Kuzmich Nepomnyashiy. O'sha murabbiy menga ishonch bildirib “Paxtakor”ning asosiy tarkibiga kiritgan. Xorijlik murabbiylarning nimasi yaxshi, bilasizmi? Ular futbolchi yoshmi, iqtidorlimi albatta unga ishonadi. Bizda esa bunday murabbiylar juda ham kam. Agar aytadigan bo'lsam, Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”da aynan yoshlarga katta imkoniyat beryapti. Xuddi shu fikrni Ro'ziqul Berdievga nisbatan ham ayta olaman. Lekin bizda bunday murabbiylar kam sonli. O'zbekistonda qo'rqmasdan shunday murabbiylarni ko'paytirish kerak. Ana shunda bizda ham iqtidorli yoshlar ko'payadi va bu futbolimizga katta foyda keltiradi.

-    Aynan hozirda o'zbek futbolida katta o'zgarish va islohotlar amalga oshirilyapti. Oliy ligamizda klublar soni 12 taga qisqartirildi. Birinchi ligada esa futbolchilar faqat 24 yoshgacha o'ynashi belgilab qo'yildi. Tabiiyki, bu jarayonga ko'pchilik ijobiy va salbiy ko'rinishdagi fikrlarni bildirishyapti. Siz ham bunday o'zgarishlarga befarq emassiz. Xo'sh, Odil Ahmedovning futbolimizdagi o'zgarishlarga munosabati qanday?
-    Futbolda doim rejalar bo'ladi. SHunday jamoalar borki, 8 yoki 10 talikka kirib oldim, endi vazifa bajarildi deb o'ylashadi. Bu o'zgarishlar ko'proq birinchi ligaga tushib ketadigan klublarga tasir qildi. Ha, bu to'g'ri qaror, chunki 12 ta jamoa bo'lsa raqobat ortib ketadi. Bu albatta yaxshi tomonga o'zgaradi. Lekin mening fikrimcha, bu o'zgarishni yil boshida aytishlari kerak edi. Agar shunday yo'l tutishganida 13- yoki 14-o'rindagi klublar ham boshqacha o'yin ko'rsatishardi. Futbol federaciyaning o'z xodimlari bor va ularga maslahat beradigan odamlar ham bor. Bu ularning qarori, biz esa shunchaki o'z fikrimizni bildiramiz xolos. Oliy ligani tark etgan to'rtta jamoaga buning salbiy tarafi ko'rinadi. Agar bu o'zgarishlar ertaroq aytilganida balki ularning o'rnida boshqa klublar bo'lishi mumkin edi. SHuni aytish kerakki, chempionatning kuchayishi, bu terma jamoaning yutug'idir. Termada ichki chempionatimizdagi o'yinchilar o'ynasa o'zini yo'qotib qo'yishi mumkin. Agar oliy ligada o'sish bo'lsa bu albatta har jihatdan foydali.

-     Vodiy futbolida barqarorlik etishmayapti. Siz ham bunga befarq emassiz. Sizningcha, vodiy futbolining asosiy muammosi nimada?
-    Asosiy muammo yoshlar futboliga noto'g'ri qarash. Oldingi intervyularimda ham aytganman, “Neftchi” oldin nima uchun yaxshi klub bo'lgan? CHunki Yuriy Sarkisyanning shaxsan o'zi viloyatdagi barcha futbol maktablarini nazorat qilgan. Aniq ishonch bilan aytamanki, u ketganidan keyin endi Farg'onadan ham yosh iqtidorlarning etishib chiqishi kamayib ketdi. Oldin terma jamoada ham “Neftchi”dan o'yinchilar chaqirilardi. “Navbahor”dan ham nomzodlar bo'lardi. Aslida esa vodiy futboli juda ham iqtidorlarga boy. Faqat bu boradagi ishni to'g'ri yo'lga qo'yish kerak. Ana shunda terma jamoaning markazi Toshkent yoki voha emas, balki vodiy bo'ladi. Masalan, “Nasaf” o'z akademiyasiga katta etibor qaratyapti. SHuning evaziga u erdan ajoyib o'yinchilar chiqyapti va terma jamoalarda ham uning tarbiyalanuvchilari ko'p. “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Bunyodkor”da ham shunday.


FIRDAVSXON
“Futbol Ekspress” gazetasi


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика