So’nggi yangiliklar

14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  0 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  1 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  6 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  5 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  9 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  39 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  7 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   36 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   11 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   6 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  15 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  2 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  180

Pro ligada 2-o'rinni olgan klub: "Superligada joy yo'q, deb qo'yaveringlar" Yangiliklar

Pro ligada 2-o'rinni olgan klub: "Superligada joy yo'q, deb qo'yaveringlar"

Bilasiz Pro ligada 2-o'rinni olgan klub pley-off orqali Superligaga chiqishi mumkin.

Kecha PFL mana shu pley-off o'yinlari sanalarini elon qildi. Unga ko'ra Pro liga klubi 14 dekabr kuni o'z maydonida Superliganing eng omadsiz klubiga qarshi oxirgi yo'llanma uchun o'ynaydi.

Superligada mavsum 30 noyabr atrofida tugaydi. Keyin 5 dekabr kuni 12-o'rin 15-o'rinni o'z uyida qabul qiladi, 13-o'rin sohibi esa 14-o'rinni mehmon qiladi. Bu ikki o'yinda yutganlar Superligada qoladi. Ikkita mag'lub esa 10-dekabr kuni o'zaro bitta o'yin o'tkazishadi. Yutgan jamoa elitada qoladi. Yutqazgan esa yuqorida aytganimiz Pro ligada 2-o'rinni band etgan klubi uyiga safar qiladi. Bu bahs 14 dekabrga belgilangan.

Yani bu erga etib kelgan Superliga klubi 30 noyabr, 5 va 10 dekabr kunlari o'yinlar o'tkazadi. Yana 4 kundan keyin Pro liga klubi bilan bellashadi.

Pro ligada esa mavsum 16 noyabr kuni tugaydi. Lekin 2-o'rinni oladigan klub o'zining so'nggi uchrashuvini 9 noyabr kuni o'tkazadi. Demak quyi ligada 2-o'rinni olgan klub 14 dekabrgacha 35 kun davomida rasmiy o'yin o'tkazmaydi. Bu vaqt ichida klub yig'in o'tkazishi va o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin. Lekin noyabr oxiri va dekabr oyi boshida qaerdan raqib toparkin?

O'tgan yil qanday bo'lgandi? Pro ligada mavsum 28 noyabr kuni tugagan va pley-off 5 dekabr kuni bo'lib o'tgandi. To'g'ri o'tgan mavsum Pro ligada bu yilgidek 6 emas 8 ta klub ishtirok etgandi va turlar soni 20 ta emas 28 ta bo'lgandi.

Rossiyada ham bizga o'xshash pley-off bahslari bor. O'tgan yil masalan Premer-ligada ham, Milliy futbol ligasida (FNL) ham mavsum bir kunda 24 may kuni tugagandi. 28 may kuni pley-off bahslari start olgandi. FNLda 18 ta klub, Premer-ligada 16 ta klub bor edi.

Angliyada ham pley-off bor, lekin boshqacharoq. Premer-ligada oxirgi 3 ta o'rinni olgan klub to'g'ridan to'g'ri quyi ligaga tushib ketadi. Chempionship ligada dastlabki ikki o'rin sohibi to'g'ridan-to'g'ri Premer-ligaga chiqadi. 3-6-o'rin egalari esa o'zaro o'yinlar o'tkazib bitta yo'llanma sohibini aniqlashadi. Bunday pley-off tizimida ikkita liga bir-biriga bog'liq bo'lmaydi. Masalan, Premer-ligada o'tgan mavsum 19 may kuni tugadi. Chempionship ligada esa oxirgi 46-tur 3 may kuni bo'lib o'tgan. Shundan keyin pley-offda ishtirok etadigan klublar o'yinlarni davom ettirishgan bo'lsa, qolgan klublar tatilga chiqib ketishgan.

Taklif: Keyingi yil Pro ligada nechta klub ishtirok etishidan qatiy nazar Angliyaga o'xshash tizim qilinishi mumkin. Superligada bitta klub to'g'ridan-to'g'ri Pro ligaga tushib ketsin. Qolgan aytaylik 4 ta klub o'zaro o'yinlar o'tkazib yana bitta yo'llanma egasini aniqlashsin. Pro ligada ham shunday 1-o'rin egasi Superligaga chiqsin, qolgan nechtadir klub yana bitta yo'llanma uchun kurashsin. Shunda ikkita liga istalgan vaqtda tugayveradi, pley-off bahslari ham bo'laveradi. Agar Pro ligadan Superligaga chiqishni istaydigan klublar soni 2 tadan kam bo'lsa faqat birinchi o'rin Superligaga chiqsin va Pro-ligada pley-off o'tkazish ham shart emas. Chunki Superligaga chiqishni xohlaydigan klublar soni 2 tadan kam bo'lsa Pro ligadagi qolgan klublar pley-offda qatnashishdan mano nima? 

Bu yil esa Pro ligada 2-o'rinni egallagan klub 35 kun davomida futbolchilarni tonusda ushlab turishdan tashqari o'zining uy stadionini dekabr oyi o'rtasigacha saqlab turishi kerak bo'ladi. Katta ehtimol oxirida esa Superliga klubi osongina g'alabaga erishib ketadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

+3   
05 noy 12:22:08
Narzulla
Adis Azizxanov foydalanuvchining fikriga javob berish
шунчаки 2 та сунгги уринни олган клубни тушуриб про лигадан 2 тасини чикарса бумедими
Плей офф қилинмаса 15 ва 16-ўриндан тепадагилар хотиржамликка берилишади ва олди берди кўпайиб кетади. Ҳозир 12-ўриндаги клуб ҳам тушиб кетиши мумкин.
+3   
05 noy 12:14:42
Adis Azizxanov
шунчаки 2 та сунгги уринни олган клубни тушуриб про лигадан 2 тасини чикарса бумедими
   
05 noy 14:35:50
Mahmud Ttww
Пролига эмас биринчи лига обрўйини ошириб камида 18та жамоа қилиш керак, бу йилги пролигада Локо гегемон бўлди қолгандари биринчи лига савиясидаги жамоалар эди. Суперлигада 14 тадан кўпи кўп.
   
05 noy 13:35:55
Soccerland777
Azizbek Rustamovich foydalanuvchining fikriga javob berish
Kimyogar, Angren, Atlaschi, Sementchi, Yangiyer, MHSK, Do‘stlik, Akademiya, Kosonsoy, Guliston, Traktor kabi jamaoalar shunchaki yo‘q bo‘lib ketdiya. ayniqsa Sirdaryoda,Qoraqalpog‘istonda umuman oliy liga jamoasi yo‘qligi juda achinarli.
Koʻpga bormaylik, Metallurg Bekobod shunday yaxshi infratuzilma va akademiyasi bilan yoʻq booʻp ketti
   
05 noy 13:31:59
Azizbek Rustamovich
Soccerland777 foydalanuvchining fikriga javob berish
90 yillatda oliy ligada 16 yo 18, 1 ligada 20 tacha klublar boʻlardi
Kimyogar, Angren, Atlaschi, Sementchi, Yangiyer, MHSK, Do‘stlik, Akademiya, Kosonsoy, Guliston, Traktor kabi jamaoalar shunchaki yo‘q bo‘lib ketdiya. ayniqsa Sirdaryoda,Qoraqalpog‘istonda umuman oliy liga jamoasi yo‘qligi juda achinarli.
   
05 noy 13:24:21
Akbarxo'ja Tursunov
O'zi 16 ta jamoa bizga koplik qilarkan, tinchgina 14 eng optimal variant, aslida 12 ham yaxshi bo'lardi
   
05 noy 13:01:04
Озод Ачилов
Про-лига жамоаси 35 кунда ўртоқлик ўйини ўтказгани билан, барибир тонус ушлаб тура олмайди, регламентни ишлаб чиққан вақтда буни ҳисобга олиш керак эди. Про-лигада камида 10та жамоа бўлганидан ҳозир бу савол ўртага чиқмас эди. Лекин супер-лигада 12-15 ўринни олган жамоалар плей-офф да қатнашгани бир томондан яхши, ҳамма ҳозир 14-15 ўринларга тушмаслик учун ўйнаяпти.
   
05 noy 12:30:49
Soccerland777
90 yillatda oliy ligada 16 yo 18, 1 ligada 20 tacha klublar boʻlardi
   
05 noy 12:23:06
Мансур Караев
3 тасини тушурвориб 1 таси чиқиши керак, яъни 14 та команда бўлгани яхши, кубок ўйинларини уй-сафар тизимига ўтказиш керак, шунда адолатлироқ бўлади ва командалар учун ўйинлар сони ҳам бироз кўпаяди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика