Xitoyda tashkil etiladigan o'rtoqlik turnirida APL klublari qatnashadi
26 mar 2019 23:40
Yangiliklar
Xitoyda tashkil etiladigan o'rtoqlik turnirida APL klublari qatnashadi
Joriy yilning yoz oyida Xitoy yashil maydonlarida APLning 4ta jamoasi ishtirokida kichik o'rtoqlik musobaqasi bo'lib o'tadi.
Mazkur turnirda “Manchester Siti”, “Vest Xem”, “Nyukasl” hamda “Vulverxempton” klublari qatnashadi.
Premier-League Asia Trophy 2019 nomini olgan musobaqada jami to'rtta uchrashuv bo'lib o'tadi. Ikkita yarim final o'yini 17-iyul sanasiga belgilangan bo'lsa, uchinchi o'rin uchun bahs hamda final to'qnashuvi 20-iyulda o'tkaziladi.
SHu kabi musobaqa bundan ikki yil avval ham o'tkazilgan bo'lib, unda “Liverpul" zafar quchgandi.
Fikrlar