So’nggi yangiliklar

21:08Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  0 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  3 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  2 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  6 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  23 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  23 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  30

Xitoyda qaynoq transferlar mavsumi Yangiliklar

Xitoyda qaynoq transferlar mavsumi

Teglar :  XitoySuperliga
Xitoyda yozgi transferlar oynasi 2 iyun-15 iyul oralig'ida ochiq bo'ladi.

Eng qizig'i, bu davrda chempionat o'yinlari ham davom etaveradi. Sir emas, oxirgi vaqtlarda Xitoy futboli mega-transferlar bilan etiborga tushdi. Bugun rakursni aynan CHin yurtiga buramiz va u erda shu paytgacha rasmiylashtirilgan ayrim diqqatga molik transferlarni ko'rib chiqamiz. Boisi, O'zbekiston terma jamoasi asosiy hujumchilaridan biri Igor Sergeev ham faoliyatini tobora yuksalib borayotgan Xitoy super-ligasida davom ettiradigan bo'ldi. Qolaversa, xitoyliklar JCH-2018 saralashining hal qiluvchi bosqichida bizning milliy jamoa bilan bitta guruhda kurash olib borishadi.

Xalk. Zenit - SHanxay Telleys

Joriy mavsum Osiyo futbolidagi eng qimmatbaho transferni aynan Xitoy klubi amalga oshirdi. SHanxayliklar Zenitdan braziliyalik hujumchi Xalkni 55,8 million evro (ayrim manbalarda keltirilishicha, 58 mln.) evaziga sotib olishdi. Vaholanki, bu futbolchi so'nggi 12 oy davomida Guanjou Evergrand etiborida turgandi. Deylik, Xitoyning amaldagi chempioni uni  naq 15 mln. evroga teng yillik maosh bilan rag'batlantirishni o'ylayotgandi. Biroq SHanxay Telleys bu summani yanada oshirish yo'li bilan braziliyalik hujumchini o'z tomoniga og'dirdi. Xullas, Xalk SHanxayda yiliga 16,6 million (bazi manbalar malumotiga ko'ra, 20 mln.) yoxud haftasiga 320 ming evro evaziga o'ynaydi. SHanxayliklar uni boshqa klub safiga o'tishi kutilayotgan Asamoa Gyan o'rniga chaqirishdi. Jamoa braziliyalikka 8-raqamni topshirdi. Aytgancha, Xalk oldin ham Osiyoda o'ynab ko'rgan. Yani 2005-2008 yillarda Yaponiyada faoliyat yuritgan. Xususan, 2007 yilgi mavsumda  J-liga - 2da to'purarlikka erishgandi.



Igor Sergeev. Paxtakor - Pekin Guoan

Ha, O'zbekiston terma jamoasining ishongan hujumchisi Igor Sergeev keyingi yarim mavsumni yulduzlarga boy Xitoy ligasida o'tkazadi. Pekin Guoan klubi Paxtakor­ning 23 yoshli goleadorini o'z safiga qo'shib oldi. Igor 5 iyul kuni Xitoy jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Transferning moliyaviy jihatlari oshkor etilmadi hali. To'g'ri, ko'plab internet nashrlarida yozilishicha, bu transfer ijara shakliga ega. Xullas, Sergeev 6 oylik ijara asosida pekinliklar sharafini himoya qiladi. Taxmin qilish mumkinki, hujumchimiz shu vaqt ichida o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olsa, kelishuv muddati uzaytirilishi mumkin. Xuddi Odil Ahmedovning Anjiga o'tgani kabi. Malumot uchun keltirish joiz, o'zbekistonlik yana bir futbolchi - himoyachi, Paxtakor tarbiyalanuvchisi Egor Krimec ham ayni payt Pekin Guoan azosi hisoblanadi. Bundan malum muddat oldin Sergeevning Xitoy jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tayotgani aks ettirilgan suratlari internet tarmog'ida paydo bo'lgandi. Etiborlisi, Guoan hujum chizig'ida turkiyalik Burak Yilmaz to'p suradi. SHunday ekan, Sergeevning asosiy tarkibga kirish yo'lida jiddiy kurash olib borishiga to'g'ri keladi. Ha, jamoa murabbiyi ikki hujumchidan tandem sifatida foydalanishi ham mumkin. Lekin bunga ham munosiblikni isbotlash talab etiladi.

Aytgancha, Igor Sergeev joriy mavsum OCHLda 5ta gol urib, to'purarlar bahsida Karlos Adriano (Seul)dan so'ng 2-o'rinni band etib turibdi. 1993 yilning 30 aprelida tug'ilgan bu hujumchi Paxtakor safida jami 97ta o'yinda ishtirok etib, 51ta gol urgan.

Alessandro Diamanti. Atalanta - Guanjou Evergrand

1983 yilning 2 mayida tug'ilgan bu futbolchi 2014 yili 6,9 mln. evro evaziga Guanjou Evergrand klubiga o'tdi va jami  24ta o'yinda maydonga tushdi. OCHLda muvaffaqiyat qozonish maqsadida xarid qilingan ital-yan yigiti klub safida atigi 4ta gol urdi. SHundan so'ng Fiorentina, Uotford va Atalanta klublariga ijara kelishuvi asosida yuborildi. Lekin yaqinda navbatdagi shartnoma muddatini yakunlab, yana Xitoyga qaytdi.

Xitoy futbolida joriy yoz amalga oshirilgan xaridlar


SHanxay Telleys - Xalk (Braziliya, Zenit)

Pekin Guoan - Igor Sergeev (O'zbekiston, Paxtakor)

CHanchun Yatay - Mislav Orsich (Xorvatiya, CHunnam Dragons)

Guanjou Evergrand - Alessandro Diamanti (Italiya, Atalanta)

Guanjou R&F - Eran Zaxavi (Isroil, Makkabi T-A.), Migel Errero (Ispaniya, Ovedo), Aaron Samuel Olanare (Nigeriya, CSKA Mos.), Jeremi Bokila (Kongo DR, Eskishehirspor)

Xenan Jiane - Miral Samarjich (Sloveniya, Rieka)

Liaoning - Dario Vidoshich (Avstraliya, Vestern Sidney Uonderers)

SHanxay Grinland SHenxua - Stoppila Sunzu (Zambiya, Lill)

SHijiajuang Ever Brayt - Jan Filipp Mendi (Franciya, Maribor), Mateus (Braziliya, Dnepr)

Tyanjin Teda - Uilmar Jordan (Kolumbiya, Emireyts)

Bilasizmi?

SHu paytgacha Xitoy super-ligasida OFKga azo 10ta mamlakat - Avstraliya, Iroq, Eron, Yaponiya, KXDR, Janubiy Koreya, Livan, Filippin, Suriya va O'zbekiston vakillari to'p surishgan. Taqqoslash uchun keltirsak, Afrikaning 23ta, Evropaning 34ta, SHimoliy va Markaziy Amerikaning 7ta, Janubiy Amerikaning 10ta mamlakatidan legioner jalb etilgan.

Legionerlar masalasi Qanday hal Qilinadi?

Osiyoning ko'plab mamlakatlarida bo'lgani singari Xitoyda ham ichki turnir reglamentiga o'zgartirish kiritildi. Endi jamoalar bahslar davomida legionerlar masalasida 3+1 qoidasiga amal qilishlari shart. Tushunarliki, bunda bitta o'rin OFKga azo mamlakatlar vakillariga alohida ajratilgan. Lekin Xitoy ligasida Makao, Gonkong va Xitoy Taypeyidan kelgan futbolchilar legioner hisoblanmaydilar. CHunonchi, Xitoy bu davlatlarni o'zining bir bo'lagi, deb hisoblab kelgan. Umuman, CHin yurtida faoliyat olib borayotgan OFK vakillari asosan Avstraliya, J.Koreya va O'zbekiston fuqarolaridir.

Aftidan, chempionatdagi jamoalarning yarmi legionerlar limiti bo'yicha talabga amal qilishda muammolarga yo'liqqan ko'rinadi. Deylik, SHijiajuang Ever Brayt legionerlari - Mario Rondon va Jeykob Mulenga hali o'zlariga yangi klub topishganicha yo'q. Zero, klub o'rtadagi shartnoma muddati yakunlanmaguncha ularni o'z tarkibida ushlab turishga majbur. Bu holatda bitta yo'l bor - legionerlarni o'rinbosarlar tarkibiga o'tkazish. Ammo katta maosh oluvchi futbolchilarning ikkinchi jamoada o'ynashlari moliyaviy tomondan og'riqli-da...

 


Xitoy super-ligasida to'p surgan vakillarimiz

Aleksandr Kleckov (2009, 2010)
Aleksey Nikolaev (2009)
Sadriddin Abdullaev (2009)
Zayniddin Tojiev (2009) Farhod Tojiev (2010)
Asqar Jadigerov (2010)
Islom Inomov (2010)
Anzur Ismoilov (2011-..., CHanchun Yatay)
Eldor Magdeev (2011)
Murod Xolmuhammedov (2011)
Kamoliddin Tojiev (2011-2013)
Aziz Ibragimov (2011-2012)
Egor Krimec (2013, 2015-..., Pekin Guoan)
SHavkat Mullajonov (2013)
SHerzod Karimov (2013)
Artyom Filiposyan (2014)
Demak, Igor Sergeev CHin yurtiga yo'l olgan 17-futbolchimizdir.

SHUNINGDEK...

BAA PRO-LIGASI.
Amirliklarda ham katta transferlar ko'p kuzatilishi ko'pchilikka malum. Misol uchun,Lokomotiv (Toshkent)ning Osiyo CHempionlar Ligasi chorak finalidagi raqibi - Al-Ayn yaqinda o'z tarkibini braziliyalik legioner hisobiga kuchaytirdi. Aniqroq aytsak, klub Kashima Antlers (Yaponiya)dan 22 yoshli yarim himoyachi Lukas Fernandes Kayoni sotib oldi. SHartnoma 3 yilga mo'ljallangan. Kayo Yaponiya klubi safida 3 mavsum davomida 23ta golga mualliflik qilgan. U buning uchun Kashimaning 78ta o'yinida maydonga tushdi. Al-Ayn shuningdek, Bani Yas klubi yarim himoyachisi, 27 yoshli Amir Abdulrahmon bilan ham aynan 3 yillik shartnomani rasmiylashtirdi. Bu futbolchi BAA futbolidagi oltin avlod vakillaridan biri hisoblanadi. Bani Yas safida 2009|2010 yillar mavsumidan buyon o'ynab kelgan Amir Abdulrahmon asosan raqiblar hujumlarini to'xtatish bilan shug'ullangan bo'lsada, o'z nomiga 8ta gol ham yozib qo'ydi. Ushbu o'yinchilar jamoadan ketayotgan Ayaks va Liverpul jamoalari sobiq azosi Rayan Babel va braziliyalik Felipe Bastos o'rnini egallashadi.

FIKRAT tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика