Rafinya "Barselona" tarixiga kirdi
09 jan 20:33
Yangiliklar
Rafinya "Barselona" tarixiga kirdi
"Barselona" futbolchisi Rafinya Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik" darvozasiga ikki bora yo'l topdi.
Kataloniya klubining 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda Rafinya klubning top-50 to'purarlari ro'yxatiga kirdi.
Rafinya o'tgan yilda barcha turnirlarda 57 o'yinda qatnashib, 34 gol va 26 assist qayd etdi. Vinger ECHLda 13ta gol urib, turnir to'purari hamda 8 assist bilan eng yaxshi assistent bo'ldi. Kataloniya klubi bilan u mamlakat kubogi, superkubogi va chempionligini qo'lga kiritdi.
Rafinya "Barselona" tarkibida umumiy hisobda 160 bahsda ishtirok etib, 63 bora raqiblari darvozasiga yo'l topdi. Shuningdek, 55 golga hammuallif bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar