So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  110 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Xitoy terma jamoasi haqida Yangiliklar

Xitoy terma jamoasi haqida

Teglar :  Xitoy
Rossiya mamlakatida bo'lib o'tadigan dunyo birichiligi uchun Osiyo mintaqasida saralash bahslari juda ham qiziqarli o'tmoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi so'nggi saralash bosqichida o'z guruhida 3 ta o'yin o'tkazib 2 ta g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etib hozircha 6 ochko jamg'argan holda uchinchi o'rinda bormoqda. Biz vakillarimizning guruhdagi o'yinlari oldidan ularning raqiblari haqida sizlarga malumotlar etkazayotgan edik. Endi navbat Xitoy terma jamoasiga etib keldi.

Laqabi: Buyuk Xitoy devori
Konfederaciya: AFK
Bosh murabbiy: Gao Xongbo
Jamoa sardori: Feng Ksiaoting
Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchisi: Li Veyven
To'purari: Xao Xaydun
Stadioni: “Proletariy” milliy stadioni
FIFAdagi o'rni: 82
FIFA kodi: CHN
Ilk uchrashuvi: Xorvatiya – Xitoy 4:0 (Xelsinki, Finlyandiya 4 avgust 1952)
Eng yirik g'alabasi: Xitoy – Guam 19:0 (Xoshimin, Vetnam 26 yanvar 2000)
Eng yirik mag'lubiyati: Braziliya – Xitoy 8:0 (Resifi, Braziliya 11 sentyabr 2012)
Jahon chempionatidagi ishtiroki: 1 marotaba (2002 yil guruh bosqichi)
Osiyo chempionatidagi ishtiroki: 11 marotaba (ilk bor 1976)
Erishgan yutuqlari: 1984 va 2004 yillari 2 o'rin.



Qiziqarli malumot
Xitoy futbol associaciyasiga 1924 yili asos solingan. 1931 yili FIFAga azo bo'lgan bo'lgan. 1949 yilda, Xitoy, Xitoy Respublikasi va Xitoy xalq Repsablikasi o'rtasida bo'linib ketdi. 1955 yilda Xitoy xalq Respublikasi o'zining Xitoy futbol associaciyasiga asos soladi va 1979 yili FIFAga azo bo'ladi. 1984 va 2004 yillar Xitoy xalq Respublikasi Osiyo kubogida ikkinchi o'rinni egallaydi. Makao va Gonkong Xitoy tarkibiga qaytganidan keyin, ular Xitoyning jamoalari sifatida musobaqalarda ishtirok etgan. Futbol Xitoyda mashhur, terma jamoaning muvaffaqiyati milliy g'urur hisoblanadi. Statistika bo'yicha Xitoyda 300 millionga yaqin inson 2002 yilgi Jahon chempionatida o'z terma jamoasining o'yinlarini kuzatib borgan. Ushbu musobaqa oldidan Xitoy mamlakatida 170 millionga yaqin televizorlar sotilgan. 2004 yilgi Osiyo kubogida 250 milliondan ziyodroq muxlislar o'z terma jamoasining o'yinlarini teleekran orqali kuzatib borgan. Xitoy televideniyasi tarixida ilk bor jonli efirda ko'plab teletomoshabinlar futbol uchrashuvlarini kuzatib borgan.

Ilk bor Jahon chempionatidagi ishtiroki
Xitoy terma jamoasi jahon chempionatida bir marotaba ishtirok etishga muvaffaq bo'lgan. Dunyo birinchiliga 2002 yili Yaponiya va Koreya mamlakatlari mezbonlik qilgan. Ushbu mundialda Xitoy terma jamoasi Braziliya, Turkiyava Kosta-Rika terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oladi. Ushbu kvartetda Xitoy terma jamoasi birorta ham ochko ishlay olmaydi va raqiblari darvozasini biror marotaba ham ishg'ol qilaolmaydi. SHu bilan Xitoy terma jamoasining mundialdagi yurishi o'z nihiyasiga etadi.


 
JCH-2018 saralashi
Xitoy terma jamoasi Rossiya mamlakatida bo'lib o'tadigan saralashning 2 ta bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib so'nggi uchinchi saralash bosqichiga etib keldi. Ushbu bosqichning ilk turida Janubiya Koreyaga qarshi bahs olib borgan chin yurti vakillari qiyin kechgan uchrashuvda 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Eron bilan kechgan bahsda esa tomonlar nursiz durang qayt etib o'z hisoblariga bittadan ochko ishlab olishdi. 4-turda esa Xitoy terma jamoasi O'zbekiston milliy terma jamoasi mehmoni bo'ladi. Ushbu uchrashuv uchun chin yurti vakillari jiddiy tayyorgarlik ko'rishgan ko'rinadi.

O'zbekiston – Xitoy terma jamoalari o'zaro uchrashuvlari

O'zbekiston milliy terma jamoasi Xitoy terma jamoasi bilan ilk bor 1994 yil Xirosima shahrida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari finalida to'qnash kelgan. O'shanda, vakillarimiz Xitoyni 4:2 hisobida mag'lub etib Osiyo o'yinlari g'olibi bo'lgandi. Oradan ikki yil o'tib bu ikki terma jamoa Osiyo kubogida ikkinchi bor to'qnash keladi. Ushbu bahsda ham vakillarimizn qo'li baland keladi 2:0. 2001 yili JCH-2002 saralash bahsida ham azaliy raqiblar to'qnash kelishadi. Ushbu uchrashuvning birinchisida O'zbekiston terma jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, javob bahsida vakillarimiz 0:2 hisobida chin yurti vakillariga imkoniyatni boy beradi. O'zbekiston milliy terma jamoasi Xitoy terma jamoasi bilan 10 marotaba to'qnash kelgan bo'lsa, shunlardan 5 tasida O'zbekiston terma jamoasini qo'li baland kelgan, qolgan 4 ta uchrashuvda Xitoy terma jamoasi zafar quchga, 1 uchrashuvda esa tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Bugun vakillarimiz o'zining Xitoy terma jamoasi ustidan 6 g'alabasini qo'lga kiritishini tilab qolamiz.



Xitoy terma jamoasining O'zbekistonga qarshi tarkibi
Darvozabonlar
: Yang Zi "Beyjing Goan", Gu CHao "Jiangsu Suning", Yan Junling "SHanxay SIPG"

Himoyachilar: Du Vei "Xebei", Feng Ksiaoting "Evergrand", Ren Xang "Xebei", Jang CHeng Dong "Beyjing Goan", Li Ksyuepeng "Evergrand", Jao Mingjian "SHandon Luneng", Jiang Zipeng "Guanchjou RF"

Yarim himoyachilar: YU Xai "SHanxay SIPG", Xao Junmin "SHandon Luneng", Vu Ksyu "Jiangsu Suning", Vu Lei "SHanxay SIPG", Xuang Boven "Evergrand", Jiang Ning "Xebei", Kay Xuikang "SHanxay SIPG", Zang Xize "Beyjing Goan", Zang Ksiaobin "Jiangsu Suning"

Hujumchilar: Gao Lin "Evergrand", Yang Ksyu "SHandon Luneng", Jang Yuning "Vitess", Gollandiya.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Xitoy uchrashuvi “Bunyodkor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi. Terma jamoamizni qo'llab-quvvatlang!


Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика